Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xalq ta'limi vazirligi mutasaddilari iştirokida “Öqituvçilarning jamiyatdagi nufuzini oşiriş bilan boğliq muammolar va ularning yeçimlari” mavzusida matbuot anjumani bölib ötmoqda, deb xabar qildi “Xalq sözi”.

Unda xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov sözga çiqib, jamiyatda öqituvçining maqomini yuksaltiriş, mavqeini oşiriş, ijtimoiy ta'minlanganlik darajasini kötariş, öqituvçini öz xizmat vazifasidan taşqari işlardan ozod qiliş singari sohalarda amalga oşirilayotgan işlar xususida aytib ötgan.

“Davlatimiz rahbarining eng birinçi qarori ham öqituvçining maqomini oşirişga qaratilgan edi, - dedi xalq ta'limi vaziri. - Vaqti kelib, jamiyatda öqituvçining mavqei bundan ham yuksaladi. Prezidentimiz har bir videoselektorda öqituvçilar haqida albatta gapirib ötadilar, “Ularning oyligini 1000 dollarga çiqarmagunça töxtamaymiz”, deb köp aytadilar. Nasib qilsa, albatta, şu darajaga boramiz”, dedi Şerzod Şermatov.

Bundan oldin, xalq ta'limi vaziri ota-onalarga murojaat bilan çiqqandi.