Özbekiston soğliqni saqlaş vazirligi hamda Soğliqni saqlaş xodimlari kasaba uyuşmasi Respublika kengaşi taşabbusi bilan joriy yilning 25–30 mart kunlari Toşkent şahrida Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi va Ukraina şifokorlarining futbol jamoalari iştirokida «Doctors Community Cup – Tashkent – 2019» xalqaro turniri bölib ötmoqda.
Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabar qilişiça, 25 mart kuni musobaqaning tantanali oçiliş va qur'a taşlaş marosimi bölib ötdi. Qur'a natijalariga köra, 1-guruhda Qirğiziston, Tojikiston va Özbekiston hamda 2-guruhda Qozoğiston, Belarus va Ukraina davlatlari şifokorlaridan iborat terma jamoalar örin oldi. Öyinlar ertaga, 26 martdan boşlanadi.

Eslatib ötamiz, uşbu xalqaro turnir doirasida «Tibbiyot va sportda innovatsiyalar» mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar ham ötkazilişi va unda tibbiyotning dolzarb masalalari böyiça şifokorlarning özaro tajriba va fikr almaşişi közda tutilgan. Şuningdek, mehmon jamoalarning Samarqand şahriga sayohatini taşkil qiliş orqali ularga yurtimizning turistik salohiyati va imkoniyatlarini keng namoyiş qiliş rejalaştirilgan.
















