Mutlaq jangçilar çempionati (UFC) yengil vazn toifasidagi çempioni Habib Nurmagomedovning menejyeri Rizvan Magomedov Konor Makgregorning faoliyatni yakunlaş töğrisidagi qaroriga munosabat bildirdi.
Mutaxassis ta'kidlaşiça, Nurmagomedovning jamoasi irlandiyalik bilan revanş haqida öylamagan ham.
«Rostini aytadigan bölsam, men bu haqda umuman öylamagandim. Bizni u nima qilayotgani umuman qiziqtirmaydi. Xohlasa - tugatsin, xohlamasa - yöq, biz u haqida ham, revanş haqida ham öylamayapmiz. Revanş unga kerak. Biz uçun bu katta yangilik emas. U pensiyaga çiqişi töğrisida qayta-qayta e'lon qildi. Menimça, bu diqqatni jalb qiliş böyiça navbatdagi hiyla. Aslida u yerda nimalar sodir bölayotganligini bilmayman.
Revanş haqida heç qanday gap bölmagan, şuning uçun bu bizni ranjitmadi, bu ötgan bosqiç. Biz hammasini isbotladik. Hattoki, u qolganda va jang qilganida ham, revanş uçun huquqni qölga kiritişi kerak edi. Biroq, hozirça gap bu haqda ketayotgani yöq», - deya Magomedovning sözlarini keltiradi «360» telekanali.
Bundan oldin, Makgregor MMA’dagi faoliyatini yakunlaşi haqida e'lon qilgandi.












