«Tomorqalardan foydalaniş samaradorligi past». Mazkur jumla bir neça bor farmon va qarorlar matnlarida yangradi. Tomorqalardan yaxşi foydalanilmayotganidan xavotirni özida jamlagan bu farmonlarda holatni yaxşilaş böyiça çoralar bot-bot tilga olindi. Ammo, mazkur çoralar vaziyatni özgartira oladimi?

Kuni keça regulation.gov.uz saytida «Dehqon xöjaliklari va aholi tomorqa yerlaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi hukumat qarori loyihasi e'lon qilindi va unda ham öşa jumla — «barça şart-şaroitlar yaratib berilişiga qaramasdan, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan ajratilgan yer uçastkalariga qişloq xöjaligi ekinlari ekmaslik holatlari köplab kuzatilmoqda», deb yozilgan.

Xususan, «2018 yilda ötkazilgan örganişlar natijasida, respublika böyiça 69,4 ming tomorqa yer egalari tomonidan 4,0 ming gektar, jumladan Samarqand viloyatida 995 gektar, Surxondaryo viloyatida 649 gektar, Qaşqadaryo viloyatida 624 gektar, Navoiy viloyatida 384 gektar, Andijon viloyatida 294 gektar tomorqa yer maydonlariga qişloq xöjaligi ekinlari ekilmagani aniqlangan», – deya keltiriladi qaror loyihasida.

Xöş, nega «barça şart-şaroitlar yaratib berilişiga qaramasdan» tomorqaçilik samaradorligi köngildagidek emas? Mazkur savol ustida mulohaza qilişga urinib köramiz.

Bozor iqtisodiyotining ming yillik qonuniyatlari

Bot-bot öz isbotini topgan tamoyil – şaxsiy manfaat iqtisodiyotning har qanday sohasini rivojlantiruvçi kuç. Mazkur sobit va özgarmas qonun azaldan insoniyatning tirikçiligini ta'minlaşga xizmat qilib kelgan. Şaxsiy manfaat rivojlaniş harakatining generatoridir. Şaxsiy manfaat bor joyda birovni undaş, majburlaş, çora körişga hojat yöq — unday joyda işlar öz-özidan rivojga yuz tutadi. Bu esa jamiyatning şaksiz yutuği.

Heç kimga sir emas, uzoq yillar davomida tomorqaçilarimizning holini heç kim söramay keldi. Tomorqaçi yetiştirgan mahsulotning taqdiri öşa tomorqaçidan boşqa heç kimni qiziqtirmas edi. Eng açinarlisi — yetiştirilgan mahsulotni eksport qiluvçi xususiy tadbirkorlarning yöliga bir yil bölmasa ikkinçi yil sun'iy ğovlar qöyilib kelindi — yöllar yopib qöyilar edi. Natijada tomorqaçilar bir yil foyda körişsa, keyingi yil mahsulotlari suv tekin bölib qolib, mehnat va xarajatlariga kuyib qolişardi.

Ammo minglab, boşqa daromad manbaiga ega bölmagan tomorqaçilar, baribir tomorqalariga ekin ekib kelişdi. Nimasini aytamiz, aynan şu omil — qişloq odamlarimizning tirişqoqligi aholi dasturxoni tökinligini ta'minlaşga xizmat qilib keldi hamda davlatni qişloq xöjaligi mahsulotlarini import qilişdek xarajatli işdan xalos etdi.

Tabiiyki, tomorqaçilarning mehnatini qadrlamaslik natijasida tomorqada ekin qilişga bölgan qiziqiş qişloqlarda birmunça pasayib ketdi. Ya'niki, öşa biz tilga olgan şaxsiy manfaat stimuli uvol böldi.

Nima qiliş kerak?

Öz-özidan tuşunarliki, tomorqalardan foydalaniş samaradorligini oşiriş uçun şaxsiy manfaatdorlik stimulini oşiriş böyiça qat'iy çoralarni köriş lozim. Bu esa soha töliq bozor munosabatlariga ötişi, sohaga ma'muriy aralaşuvdan, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mutlaqo zid bölmiş narx belgilaşlardan voz keçiş, mahsulotni eksport qiluvçi xususiy tadbirkorlar faoliyatini ma'muriy-idoraviy aralaşuvlardan xalos etiş, mahsulotning bemalol köçişi uçun yöllarni oçiş bilan böladi. Şundagina yetiştirilgan mahsulotning narxi kon'yunkturaga, talab-taklifga muvofiq şakllanadi, qişloq ahlining tomorqalardan foyda körişga bölgan stimuli öz-özidan oşadi.

Bozor munosabatlari, tovar almaşinuvi, mahsulot işlab-çiqariş va boşqa şu kabi jarayonlarga ma'muriy aralaşuv, işlab turgan tizimlarga xalaqit qiliş şaxsiy manfaat stimuli, kişilarda şijoatni pasaytiruvçi omil bölib, rivojlaniş jarayonlarining «belini sindiradi».

Şaxsiy manfaatdorlikka intiliş — inson tabiatiga joylangan fundamental, insonni harakatga keltiruvçi xususiyat. Mazkur xususiyatni öz örnida ozuqalantirib zamonaviy jamiyatlar rivojlanmoqda. Undaş, majburlaş, noörin çeklovlar, «safarbar etiş»ning turli körinişlariga suyangan ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar esa birin-ketin inqirozga uçrab, tarix sahifalarida qolib ketdi va qolib ketmoqda. Eski xatolarni takrorlaş bilan biz öz-özimizni ovora qilişda davom etamiz, xolos.

Şokir ŞARIPOV