Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Yer uçastkalarini fermer xöjaliklariga uzoq muddatli ijaraga beriş tartibi töğrisidagi nizomga qöşimça va özgartirişlar kiritiş haqida”gi hujjat loyihasi joylaştirildi.

Yer uçastkalarini fermer xöjaliklariga uzoq muddatli ijaraga beriş tartibi töğrisidagi nizomga quyidagi qöşimça va özgartirişlar kiritilişi mumkin: 
 
5-bandning (Fermer xöjaligiga beriladigan yer uçastkalarining eng kam ölçami har bir şartli boş çorva moliga hisoblanganda) uçinçi va törtinçi xatboşilari quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Andijon, Namangan, Samarqand, Toşkent, Farğona va Xorazm viloyatlaridagi suğoriladigan yerlarda – kamida 0,30 gektarni (nasldor çorvaçilik fermer xöjaliklari uçun 0,5 gektarni);

Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro, Qaşqadaryo, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlaridagi suğoriladigan yerlarda – kamida
0,45 gektarni (nasldor çorvaçilik fermer xöjaliklari uçun 0,6 gektarni);”.

7-bandning ikkinçi xatboşisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Fermer xöjaligi yuritiş uçun yer uçastkasini olişda fermer xöjaligi taşkil etilayotgan joyda yaşovçi şaxslar, şuningdek, yer maydonidan samarali foydalanib, yuqori hosildorlikka erişib kelayotgan, köp tarmoqli fermer xöjaliklari, yerlarning meliorativ holatini yildan yilga yaxşilab kelayotgan, suv tejovçi texnologiyalarni joriy qilayotgan va kelgusida joriy qiliş vazifalarini öz zimmasiga oladigan talabgorlar, tuman fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi hamda Özbekiston yoşlar ittifoqi tuman (şahar) kengaşining birgalikda berilgan tavsiyasiga ega bölgan yoş fuqarolar boşqa teng şaroitlarda ustuvor huquqdan foydalanadilar.”.

7-1-bandda:

a) quyidagi mazmundagi ikkinçi xatboşi bilan töldiriladi:

“yer maydonidan samarali foydalanib, yuqori hosildorlikka erişib kelayotgan, köp tarmoqli faoliyatni yölga qöygan;”;

b) ikkinçi va beşinçi xatboşilar tegişli ravişda uçinçi va oltinçi xatboşilar deb hisoblanadi.

15-bandning (Tuman hokimi arizalarni tuman fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşiga yuboradi) yettinçi xatboşisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Tuman hokimi xalq deputatlari tuman Kengaşining ijobiy qarori asosida uç kun mobaynida fermer xöjaligi yuritiş uçun yer uçastkasi beriş töğrisida qaror çiqaradi.”.

16-band çiqarib taşlanadi.

33-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“33. Yer uçastkasini ijaraga beriş şartnomasi tuman hokimi va fermer xöjaligi boşliği tomonidan imzolanadi.”.

39-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“39. Yerlarni ijaraga berişni rasmiylaştiriş işlari tugallangaç
yer tuziş yiğmajildi tayyorlanadi, unda quyidagi hujjatlar mavjud böladi:

fuqaroning fermer xöjaligi taşkil etiş töğrisidagi arizasi;

yer egasining yoki yerdan foydalanuvçining yer uçastkasi ajratiş töğrisidagi qarori;

yer uçastkalari beriş (sotiş) masalalarini körib çiqiş böyiça tuman komissiyasining yer uçastkasini ijaraga berişning maqsadga muvofiqligi töğrisidagi xulosasi yoki mazkur komissiya tomonidan ötkazilgan tanlov yakunlari töğrisidagi protokol;

tuman fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşining xulosasi;

Xalq deputatlari tuman Kengaşining tegişli qarori;

yer uçastkasini ijaraga beriş şartnomasi;

fermer xöjaligining biznes-rejasi yoki faoliyat dasturi;

fermer xöjaligining yer uçastkasi çegaralarini körsatiş dalolatnomasi.”.

42-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“42. Tuman hokimining yer uçastkasi berişni rad etiş töğrisidagi qarorlari ustidan sudga yoki böysuniş tartibida yuqori turuvçi organga, mansabdor şaxsga şikoyat qiliş mumkin.”.