Bugun, 27 mart kuni Toşkent şahar IIBB tomonidan ötkazilgan brifingda yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar va yangiliklar yuzasidan ma'lumotlar berildi.
Toşkent şahar IIBB boşliği örinbosari, polkovnik Azizxon Umrxonovning ma'lum qilişiça, tirbandliklar va noqulayliklarning oldini oliş maqsadida «Yöl harakati qoidalari»ning 3.27 yöl belgisi ta'siri ostidagi hududda qoldirilgan maşinalar onlayn tartibda, harakatdagi avtopatrullar tomonidan qayd etilib, qoidabuzarlik avtomatik tartibda rasmiylaştiriladi va manzilga xat yuboriladi.
Hozirgi kunda IIBB va MIB örtasidagi faoliyat muvofiqlaştirilişi yakuniga yetgan va vaqtida tölanmagan jarimalar avtomatik tarzda majburiy undiruvga oşiriladi.
«Töxtab turiş» qoidasi buzilişi onlayn qayd etilişi sinov tariqasida yölga qöyilgan bölib, dastlab poytaxtning eng tiğiz bozorlarida, masalan «Çorsu» bozori atrofida, şuningdek eng köp e'tirozlarga sabab bölayotgan bekatlar hududlarida qöllaniladi.
IIBB: «Töxtaş taqiqlangan» yöl belgisini e'tiborga olmaslik holatlari avtomatik tarzda qayd etiladi











