2019 yil 26 mart kuni Toşkent moliya instituti va Malayziyaning Bayneriy universiteti (Binary University of Management & Entrepreneurship) örtasida taşkil etilgan “Binary Graduate School” qöşma fakultetining rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi.

Oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi rahbar-xodimlari, Innovatsion rivojlaniş vazirining örinbosari, Malayziyaning Özbekistondagi elçisi Hendi Assan va Malayziyaning Bayneriy universiteti prezidenti Tan Sri Dato professor Jozef Adaikalam, universitet rektori, professor Suloçana Nair va xalqaro aloqalar bölimi boşliği Gilbert Alvin hamda Toşkent şahridagi oliy ta'lim muassasalari rektorlari iştirok etdilar.

Mazkur qöşma fakultetda 2019/2020 öquv yilidan boşlab Master of Business administration (MBA), MSc in Accounting & Finance (by research), MSc in Information Technology Management kabi ta'lim mutaxassisliklari böyiça kadrlar tayyorlaş belgilab olingan.

Öqişga qabul magistrantlarga 1+1 dasturi yoki dastur davomida istalgan 1 semestrni Malayziyada tahsil oliş imkoniyatlari yaratiladi. Mazkur qöşma fakultet bitiruvçilariga ikki tomonlama diplom beriş amaliyoti joriy etiladi.















