Tahririyatimizga xayriya aksiyasi uyuştirişimizni sörab kelgan navbatdagi oila Xorazmning Xiva şahridan taşrif buyurgan. 7 yoşli Otanazarov Umrbek ayni öynab kuladigan, yugurib maktabga boradigan paytida aravaçada yoki otasining yelkasida opiçib harakatlanmoqda. Oila bolaning yura olmasligini bilib, taqdirga tan berişgan. Ammo ularni yana bir muammo qiynab kelmoqda.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
– Farzandimiz çaqaloqligidanoq orqa miya çurrasidan azob çekib keladi. Şifokorlarimizga rahmat, bir marta juda murakkab operatsiya ötkazib, hayotini saqlab qolişdi. Lekin hozir yana bir sinov qarşisida turibmiz. Operatsiya uçun 80 mln söm atrofida mablağ kerak ekan... Özimiz noturar joyda yaşaymiz, öğlimning kelajagi meni öylantirib qöydi. Hozirça amallab kötaryapman, lekin yurmasa ham ösib, vazni ortib borayapti. Doim ham kötara olmaymanmi deb qörqaman-, deydi ezilib otasi Ğapporov Hasanboy.
Onasi Sadoqat Ibodullayevaning közda yoş bilan aytgan sözlari har qanday kişining qalbini titratadi:

– Öğlimiz Umrbek emaklab harakatlanadi. Bu ham bir sinov ekan-da. Uning yura olmasligiga ham könikdim, ammo orqa miya çurrasining asoratlari ham köp ekan. Bolam hojatga çiqişini ayta olmaydi, hozirgaça “pampers”da olib yuramiz. Yurmasa ham ösib bormoqda, kuniga bir neça marta yuvib almaştiriş kerak. Hamişa “pampers” boğlab qöyganimiz uçun a'zolari yara bölib ketadi, yozilişga qiynalib yiğlaydi...
Hozir köp bosqiçli operatsiyalar ötkazişimiz kerak – urologik, neyroxirurgik...
Neyroxirurglar çurrani operatsiya qilib, asab tolalarini böşatib, hojatga mustaqil çiqişi mumkinligini aytişganidan buyon şuning harakatidamiz. Lekin operatsiya juda murakkab va qimmat ekan. Saxovatli yurtdoşlarimizdan yordam sörar ekanmiz, hech kimning farzandi kasal bölmasin deyman. Bolam soğayib ketsa, butun oilamiz bilan duo qilamiz. Nasib qilsa, farzandlarimni men ham qöli oçiq, muhtojlarga yordam beruvçi saxiy insonlar qilib tarbiyalayman...
Aziz saxovatpeşa yurtdoşlar!
Siz juda köpçiliksiz, ozgina yordamingiz, moddiy yoki ma'naviy qöllab quvvatlaşingiz bir oilaning ulkan muammosi yeçilişiga sabab bölişi mumkin. Şu paytga qadar ham köplab insonlarning dardiga malham böldingiz va bölmoqdasiz. Işonamizki bu safar ham savobli işdan çetda qolmaysiz.
Onasi Sadoqat Ibodullayeva nomiga oçilgan plastik kartoçka:
Click/PayMe: 8600 0417 2665 2598 (Agrobank)
MFO: 00394
INN: 201200124
Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul ötkazilganda: 23118000400000394500
Boşqa taşkilotlardan kelib tuşgan mablağlar tranziti: 23120000900000394001
Telefon raqami: +998 (91) 275-52-75, +998 (90) 433-39-49
Hurmatli "UZCARD" kartoçka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!
Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvçi SMS xabarlarni (masalan, Tölovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oşkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartoçkasidan ötkazib berayotgan noma'lum şaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tuşayotgan SMS — kodlar töğrisidagi ma'lumotlarni bilmoqçi bölayotganini sezgan bölsangiz, bilingki uşbu şaxs firibgarlik yöli bilan kartoçka hisob raqamingizdagi pul mablağlarini öğirlaşga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablağlari öğirlanayotganini sezgan bölsangiz darhol kartoçkangizni olgan bankingizga kartani bloklaş uçun murojaat qilişingiz yoki uşbu amaliyotni bevosita özingiz mobil yoki veb ilovada bajarişingiz mumkin.












