Birlaşgan Arab Amirliklarining quriliş işlari bilan ham şuğullanadigan Emaar Properties kompaniyasi Özbekistonda yangi loyihalarni amalga oşiradi. ÖzMTRKning «Özbekiston 24» telekanalida prezidentning BAAga taşrifiga bağişlab tayyorlangan maxsus körsatuvida şu haqda ma'lum qilindi.

«Turizmni rivojlantiriş masalasiga töxtaladigan bölsak, biz amirliklarning eng yirik Emaar quriliş-developer kompaniyasi bilan ham kelişuvga erişdik. Uşbu kompaniya köplab yirik inşootlarni qurgan, şu jumladan «Burj Xalifa»ni ham.

Yaqin vaqt içida mazkur kompaniya vakillari mehmonxona infratuzilmalarini rivojlantiriş loyihalarini işlab çiqiş uçun Özbekistonga keladi», degan boş vazir örinbosari Elyor Ğaniyev.

Emaar kompaniyasi direktorlar kengaşi raisi, kompaniya direktori Muhammad Alabbar ham Özbekiston tomoni bilan kelişuvlar haqida gapirib ötgan.

«Tadbirkor sifatida biz doimo işbilarmonlar uçun yaratilgan har tomonlama qulay va jozibador şaroitlarga intilamiz. Şuning uçun Özbekistondagi hozirgi imkoniyatlar bizni öziga jalb etyapti.

Mening asosiy biznesim turli quriliş loyihalari, yirik mavzelar, zamonaviy mehmonxonalar va markazlar barpo etişga qaratilgan. Bundan taşqari, biz oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş bilan ham şuğullanamiz. 

Sönggi ikki yil mobaynida Özbekistondagi ulkan özgarişlar bizda katta qiziqişlar uyğotmoqda. Prezident boşçiligida keng kölamli islohotlar izçil olib borilmoqda. Biz qöşma loyihalarimizdan aniq natijalar kutmoqdamiz.

Özbekistondagi kompaniyamning öziga xos belgisi böladigan loyihani amalga oşirişga intilaman. Men turli sohalardagi loyihalar, turar joy mavzelari va mehmonxonalar qurişda zamonaviy Özbekiston rivoji uçun talab qilinadigan har qanday infratuzilmani röyobga çiqarişga tayyorman», degan u.

Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyevning BAAga rasmiy taşrifi davomida umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq bölgan 12ta şartnoma imzolandi.