Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Respublikasida elektr energetika tarmoğini yanada rivojlantiriş va isloh qiliş strategiyasi töğrisida”gi qarorni imzolagandi. Hujjat bilan «Özbekenergo» qayta taşkil etiladi.
Xususan:
a) issiqlik elektr stansiyalari hamda elektr va issiqlik energiyasi işlab çiqaruvçi elektr markazlarini boşqaruvçi “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati;
b) “Özbekenergo” AJning tugatilayotgan “Özelektrtarmoq” UK va “Energosotiş” filiali negizida “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati:
v) elektr energiyani yakuniy iste'molçilarga taqsimlovçi va sotuvçi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini boşqarişni amalga oşiruvçi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati taşkil etiladi;
Şuningdek, “Özbekenergo” AJ va uning tarkibiga kiruvçi taşkilotlarning sohaga oid bölmagan va foydalanilmayotgan aktivlari va uluşlarini keyinçalik 2019-2021 yillar davomida belgilangan tartibda sotiş maqsadida balans qiymati böyiça Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga beriladi.
Uşbu kompaniyalar orasida ikkita bank bor - "Özsanoatqurilişbank" va "Ipoteka bank". Har ikkisida ham "Özbekenergo"ning uluşi 1,41 foizni taşkil qiladi. Uluşlar 2019 yilda sotilişi kerak.
Sotuvga qöyiladigan boşqa aktivlar orasida "Buxoro dehqon bozori" (0,07%), "Çöl parrandasi" (100%), "Navoiy savdo kompleksi" (5,4% va 1,75%), "Quriliş-lizing" (1,76%) va boşqalardagi uluşlar bor.
Yana 59ta aktiv - bino va inşootlardir. Masalan, elektr energiyasi hisoblagiçlarini işlab çiqaruvçi zavod, "Fitnes markazi" sport kompleksi, "Farhod" haykali binosi, omborxonalar, oşxonalar va boşqa köplab narsalar.












