"Tolibon" harakati jangarilari Afğonistonning birinçi vitse-prezidenti Abdul-Raşid Döstumning kortejiga hujum qilişdi. Bu haqda Tolo News telekanali xabar berdi.
Hujum oqibatida Döstumning bir nafar tansoqçisi halok böldi, ikki nafari jarohatlandi.
Telekanalning bildirişiça, hujum Döstumning korteji Balx viloyatidan Juzjonga yöl olgan paytda sodir etilgan. Birinçi vitse-prezidentning özi jarohatlanmagani xabar qilinmoqda.
Avvalroq toliblar Afğoniston şimoli-şarqiy qismidagi okrugni egallab olişgani xabar qilingandi.












