Bu haqda 28-sentabr, duşanba kuni ertalab Xarkiv viloyati harbiy maʼmuriyati rahbari Oleg Sinegubov va şahar meri Igor Terexov öz Telegram-kanallarida maʼlum qildi.

Terexovning sözlariga köra, şaharning şimoli-şarqiy qismidagi Kiyev va Saltov tumanlariga boşqariladigan aviabombalar bilan zarba berilgan. Oqibatda bir neçta köp qavatli uyga şikast yetgan.

Mer vaziyat markazi maʼlumotlariga tayanib, Saltov tumanida aviabomba bevosita köp kvartirali turar joyga tuşganini bildirgan.

«Zarba köp kvartirali uyning ikkinçi qavatiga töğri kelgan. Turar joyning ikkinçi va uçinçi qavatlari vayron bölgani qayd etildi», - deya aniqlik kiritgan Sinegubov.

Kiyev va uning atrofidagi hujumlarda uç kişi halok böldi

Rossiya armiyasi bundan oldingi tunda ham Ukrainaga hujum qilgan. Kiyevda Rossiya dronlari hujumi oqibatida bir erkak halok bölgan.

Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati maʼlumotiga köra, qutqaruvçilar uning jasadini şaharning Solomensk tumanidagi noturar bino yonğinini öçiriş vaqtida topgan. Binoda dron zarbasidan keyin yonğin çiqqan.

Bundan taşqari, 27-sentabr oqşomida Kiyev yaqinidagi Sofiyevskaya Borşçagovka qişloğida bozorga dron kelib tuşişi oqibatida ikki kişi halok bölgan, yana tört kişi yaralangan. Bu dastlabki maʼlumotlarni Ukraina poytaxti meri Vitaliy Kliçko eʼlon qilgan.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning bildirişiça, öşa kuni Kiyevning bir neçta tumanida dron zarbalari qayd etilgan, önlab kişi jabrlangan.

«Keçadan buyon rossiyaliklar turli rusumdagi jami 277 ta zarba beruvçi dronni qölladi. Ularning 155 tasi reaktiv dronlar», - degan Zelenskiy.