DW xabariga köra, Kiyev meri Vitaliy Kliçko mahalliy vaqt bilan soat 21:20 holatiga şahardagi qurbonlar va jabrlanganlar haqida yangilangan maʼlumot bergan.
Uning bildirişiça, jabrlanganlarning ikki nafari bolalardir. Yaradorlarning 25 nafari şahar şifoxonalarida qolmoqda, ulardan birining ahvoli oğir.
Ofis binosi va tibbiyot muassasasi zarar kördi
Kunduzgi hujumda dron Solomenskiy tumanidagi ofis binosiga urilgan. Binoning taşqi qismi şikastlangan, derazalari singan va yaqindagi avtoturargohda maşinalar yonib ketgan. Dastlab avtoturargohda uç kişining jasadi topilgani xabar qilingan, keyinroq qurbonlar soni tört nafarga yetgan.
Kliçko şu tumandagi yana bir tibbiyot muassasasi ham Rossiya hujumi oqibatida zarar körganini bildirgan. Muassasa yaqinida bölgan uç kişi, jumladan, bir bola şifoxonaga yotqizilgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy halok bölganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan. Uning maʼlum qilişiça, Kiyevda McDonaldʼs foydalanadigan oziq-ovqat omboriga ham dron zarbasi berilgan.
Zelenskiy Rossiya hujumlari Amerika va boşqa mamlakatlar biznesi, maʼlumotlar markazlari hamda internet-provayderlarga ham qaratilganini aytib, bu odamlarning aloqada bölişi, öqişi va işlaşiga tösqinlik qilayotganini taʼkidlagan.
Tungi hujumda 14 yoşli bola halok böldi
25-sentabrga ötar keçasi Rossiya qöşinlari Ukrainaning bir neçta hududiga keng kölamli hujum uyuştirgan.
Kiyevning Solomenskiy tumanida dron 25 qavatli turar joyning törtinçi qavatiga, Peçerskiy tumanida esa köp qavatli uyning 7–10-qavatlari qismiga kelib urilgan.
Kliçkoning ertalabki maʼlumotiga köra, tungi hujumda 14 yoşli bola halok bölgan. Keyinroq Isroilning Ukrainadagi elçixonasi u Isroil fuqarosi ekanini bildirgan. Bolaning onasi ham hujumda yaralangan.
Boşqa hududlardagi oqibatlar
Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati maʼlumotiga köra, Kiyev viloyatining uç tumani Rossiya zarbalariga uçragan. Hujumlardan keyin yoğoçga işlov beriş korxonasi, ombor, xususiy uylar va avtomobillarda yonğin çiqqan. Dastlabki maʼlumotlarga köra, bu hududlarda jabrlanganlar bölmagan.












