2019 yilning 1 yanvar kunidan 29 mart kunigaça bölgan muddat içida Toşkent şahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan 352 nafar haydovçiga nisbatan Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 127-moddasi “Transport vositalarining tovuş çiqaruvçi, yorituvçi va boşqa qurilmalaridan foydalaniş, ularni örnatiş qoidalarini buziş” böyiça ma'muriy bayonnomalar tuzildi.
IIBB xabariga köra, faqatgina 29 mart kunining özida 20 marotaba yuqoridagi kabi huquqbuzarliklar sodir etilgan, bir kun oldin esa (28-mart kuni) uşbu körsatkiç 37 tani taşkil etgan.

Bildirilişiça, YHQga kiritilayotgan har bir özgariş yöl harakati xavfsizligi talabi hisoblanib, ular açinarli statistikaga asoslangan. Ksenon va svetodiod lampoçkalari bilan boğliq masala haqida: bir tarafdan qaraganda, ular haqiqatdan ham yöllarni yaxşiroq yoritadigandek tuyuladi. Ammo köpinça aksi bölib, kutilgan natijaga erişmagan haydovçi quyidagi ma'nodagi e'lon berişiga töğri keladi: “Ksenon lampalarini Kobaltning asl lampalariga almaştiraman, ortiqça tölovsiz, örnatiş xarajatlarini özimning zimmamga olaman”.
Ksenon lampoçkalari tarafdorlarining aytişiça, bu kabi faralar yöllarni yorqinroq yoritadi. Töğri, ular köproq yoruğlik taratadi, ammo ularning yoruğligi boşqa tomonga yönaltirilgan. Gap şundaki, yoruğlik avtomobilga nisbatan yaqinroqqa tuşib, natijada yöllar ksenon faralari tomonidan yomonroq yoritiladi. Bu soliştiriş sinovlari natijasi bilan tasdiqlangan.
Şu bilan birga, haydovçilar faralarning oq nuri sariq rangli nurdan afzal ekanligi borasida tez-tez bahslaşadi. Yomğirli ob-havoda bu özgariş yöllar körinişini 40% ga kamaytirişi mumkin. Balki Sergeli tumanida joylaşgan ustaxonadagi Alişer-aka haqiqatdan ham “ksenono-led” masalasini avtokonsernlardagi oliy ma'lumotli va tajribali muhandislardan yaxşiroq tuşunar, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, yöllarning körinişi faqatgina lampoçkalarga emas, balki fara moslamalariga, şu bilan birga, undagi nur qaytaruvçi elementlarga ham boğliq. Har bir zavodda fara/fonarlar ma'lum lampoçka turlaridan kelib çiqib işlab çiqariladi. Ksenon va galogen nurlarida farq bor, aynan şu sababli boşqa turdagi lampoçka tanlab faralar sifatini pasaytirib qöyiş mumkin.
Qoidalar faqatgina haydovçilarning xavfsizligidan kelib çiqib emas, boşqa haydovçilarga nisbatan yuzaga çiqişi mumkin bölgan xavfni deb ham öylab çiqilgan. Fara yölni yomon yoritib, yaqin atrofda harakatlanayotgan haydovçilarning közlarini olişi mumkin, bu esa yöl-transport hodisalariga sabab bölişi ehtimoli bor. Yoritiş moslamalarining “ijodiy” özgarişlari haqida ham töxtaliş kerak: ular instagramdagi suratlar yoki körgazma uçun yaxşi bölişi mumkin, ammo yöllar uçun emas, boisi – bu kabi faralar haydovçilarni çalğitib, umumiy xavfsizlikka tahdid solişadi.
Avtomobilga zavodda örnatilgan ksenon va svetodiod faralar esa körinişni yomonlaştirmaydi hamda boşqa haydovçilarga xalaqit bermaydi, şuning uçun ular taqiqlanmagan.
Ta'kidlanişiça, Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 127-moddasiga muvofiq, tovuş signalini sababsiz beriş, transport vositalariga uni işlab çiqargan korxona nazarda tutmagan tovuş çiqaruvçi va yorituvçi qurilmalarni örnatiş, xuddi şuningdek ularni özgartirib örnatiş – eng kam iş haqining bir baravari miqdorida jarima solişga sabab böladi.
Transport vositalariga tovuş çiqaruvçi va yorituvçi maxsus qurilmalarni örnatiş, xuddi şuningdek davlat raqam belgilarini köriş imkoniyatini çeklaydigan, ularni anglaşga tösqinlik qiladigan turli aşyolar örnatiş va qoplama surtiş — ana şu qurilmalarni musodara qilib, fuqarolarga eng kam iş haqining bir baravaridan uç baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa — uç baravaridan beş baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Bundan taşqari, qonunçilikning ma'lum talablariga nomuvofiqlik yuzaga kelsa, transport vositasi jarima maydonçasiga joylanadi. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.12.2015 yildagi 370-son Qarorida bir qator hollarda transport vositasining ekspluatatsiyasi taqiqlangani keltirilgan, taşqi yoritiş asboblariga esa alohida paragraf bağişlangan.












