Obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlarining kölami va miqyosi tobora kengayib borayotgan, şaharlarimiz qiyofasi tubdan özgarayotgan bugungi kunda zamonaviy landşaft dizayni qoidalariga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.

Landşaft arxitekturasi asrlar davomida boğ-istirohatçilik san'atining şaharsozlik san'atiga uyğunlaşib ketişi köça va yöllar ötkaziş, maydonlar taşkil qiliş va ularga kompozitsiyalar beriş asosida şakllangan.

Jizzax viloyati hokimligi boş maydonida bunyod etilayotgan landşaft boğ ham fikrimizga isbot böla oladi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 30–31 yanvar kunlari Jizzax viloyatiga qilgan taşrifi çoğida viloyat markazini zamonaviy körinişga keltiriş böyiça bir qator muhim topşiriqlar bergan edi.

Ana şu topşiriq yuzasidan Jizzax viloyati hokimligining boş binosi maydonida bunyod etilayotgan istirohat va dam oliş maskani tamomila özgaça, jahon andozalariga mos ravişda böladi.

Mazkur quriliş va bunyodkorlik işlari Koreya Respublikasi, Qozoğiston va Özbekiston qöşma korxonasi «Bogo Engineering» MÇJ tomonidan amalga oşirilmoqda.

— Mazkur loyiha ustida juda köp boş qotirdik. Jahon andozalari asosida bunyod etilişi möljallanayotgan dam oliş maskani boşqa istirohat va dam oliş markazlaridan dizayni bilan farq qiladi. Gap şundaki, hudud yorqin ranglar asosida yilning tört faslini namoyon etadi. Boğ yilning tört faslida ham gullab yaşnab turadi. Buning uçun dunyoning turli burçaklaridan bahor, yoz, kuz va qiş oylarida gulga kiradigan anvoyi daraxt va köçatlar keltiriladi. Favvoralar va veloyölakçalar bilan bir qatorda maydon markaziga 14X7 metr ölçamdagi, ustuni 60 metr bölgan bayroq ham örnatiladi. Maşhur arxitektorlar maslahati bilan yaratilgan loyihaga asosan boğ hududini yer osti favvoralari, yoritiş moslamalari bilan jihozlangan örindiqlar egallaydi, yölaklar esa fosforli toşlar aks ettirilgan naqşli bezaklar bilan bezatiladi. Maydondagi viloyat hokimligining binosi ham yangiça uslubda ta'mirlanib eng sönggi rusumdagi texnik jixozlar bilan ta'minlanadi, — deydi «Bogo Engineering» MÇJ rahbari Şerzod Abdisattorov.

Boğga keltiriladigan gul va daraxt köçatlari öziga xos şakli, turliça yaproqlari, guli bilan bir biridan farqlanadi. Tabiiyki savol tuğiladi: bu manzarali ösimliklar bizning iqlim şaroitimizga moslaşadami?

— Xorijiy mamlakatlardan keltiriladigan nabotot xillari avvalo yurtimiz iqlim şaroitiga moslaştiriladi. Bu borada xorijlik hamkasblarimiz bizga yaqindan kömakçi bölişadi. Havo, tuproq, suv, öğit – hammasidan örni va me'yorida foydalaniş har qanday ösimlikning «tili»ni topişda qöl keladi. Biz tomondan işlab çiqilgan loyihada bularning barçasi közda tutilgan. Landşaft dizaynining zamonaviy namunalarini özida aks ettiradigan boğ yurtimizda yagona boğ bölişiga şubhamiz yöq, — deydi Şerzod Abdisattorov

Ta'kidlaş joiz, boğda quriliş va montaj işlari jadallik bilan amalga oşirilyapti. Ayni kunlarda ta'mirlaş işlariga 150dan ziyod quruvçilar jalb etilgan. Boğ aholining, eng avvalo yoşlarning jahon standartlari darajasidagi yuqori sifatli, madaniy-dam oliş xizmatlariga bölgan talabini ta'minlaşga qaratiladi. Loyihani amalga oşiriş sifatli madaniy hordiq çiqarişni taşkil etiş va odamlarning böş vaqtlari mazmunli ötkazilişini ta'minlaydi, qolaversa, Jizzax şahrining turistik jozibadorligini oşiradi.

Gulçehra ŞARIPOVA,
Kun.uz muxbiri