Özbekistonda ilk marotaba  Tashkent Law Spring  xalqaro yuridik forum ötkazilişi kutilmoqda.

Forum doirasida davlat idoralari, xalqaro taşkilotlar, Özbekistonning va dunyoning yetakçi yuridik va konsalting firmalari vakillari, advokatlar, yurisprudensiya va xalqaro aloqalar sohasidagi taniqli olimlar, mutaxassislar va ekspertlar huquqdagi eng sönggi tendensiyalarni muhokama qiliş, zamonaviy yuridik fan va amaliyotning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşiş uçun yiğilişi kutilmoqda.

Forum taşkiliy qömita a'zosi,  Adliya vazirligi boşqarma boşliği A'zam Madaminovning Kun.uz'ga aytişiça, forum butun dunyodan bir joyga yiğilayotgan huquqşunoslarni muhokamaga asoslangan tanişuv, fikr almaşinuvi va hamkorligi uçun platforma yaratadi. Şuningdek, Özbekistondagi islohotlarga teran nazar taşlab, jahon hamjamiyatini bundan boxabar etiş ham maqsad qilib qöyilgan. 

«Toşkent kelajakda huquqiy masalalar muhokama etiladigan hab-markazga aylanişi lozim», — deydi u intervyu çoğida.

Ma'lum qilinişiça, forum joriy yilning 25-27 aprel kunlari, şunda asosiy tabdirlar ilk ikki kunda ötkazilişi belgilangan. «Huquq jadal modernizatsiya davrida»  nomi ostida taşkil etilayotgan yuridik forumda quyidagi yönalişlar böyiça bir qator mavzularda alohida sessiyalar taşkil qilinadi, ularda xalqaro darajadagi mutaxassislar çiqişlari tinglanadi va muhokamalar bölib ötadi:

1. «Sifatli davlat boşqaruvi» yönalişi.

2. «Qonun ustuvorligini ta'minlaş va sud-huquq tizimini isloh qiliş» yönalişi.

3. «Faol investitsion siyosat» yönalişi.

Bundan taşqari, Forum dasturidan Özbekistonning investitsion muhitiga bağişlangan taqdimot ham örin olgan.

«Forumda «Yilning eng yaxşi advokati», «Yilning eng yaxşi advokatlik tuzilmasi», «Yilning eng yaxşi korporativ yuridik xizmati» nominatsiyalari böyiça taqdirlaş marosimlari bölib ötadi», — deya ma'lumot beradi Madaminov. 

 Tashkent Law Spring tadbirida iştirok etiş pulli. A'zam Madaminov bu holatga quyidagiça izoh berdi:

 «Har qanday jiddiy tadbirning qadri böladi. Tadbirda majlisbozlik bölmaydi, u nomiga ötkazilmayapti. Forumda yuridik soha vakillari iştirokida jonli muhokamalar paydo bölişi kutilmoqda. Tadbir ma'ruzaçilarining aksariyati olis xorijiy yurtlardan taşrif buyuradi. Bularning barçasi —xarajat.

Pul tölagan odam uçun tadbirdan nimadir kerak, deb tuşunsak böladi. Biz köçadan 2 ming kişini taklif qilib, institut talabalari iştirokida ham forum ötkazişimiz mumkin. Lekin bundan heç kim manfaatdor bölmasa kerak», — deydi u.

 Garçi huquq masalalari böyiça mintaqa markazi bölişga intilayotgan Toşkent yuridik forumida aynan huquqqa oid turli masalalar muhokama etilişi nazarda tutilgan bölsa-da, unda mustaqil inson huquqi faollari, taşkilotlari iştiroki haqida ma'lumot yöq. 

«Biz e'lon berdik, nufuzli xalqaro taşkilotlarga taklifnoma yubordik. Şu bilan birga özini taklif qilgan ma'ruzaçilar paydo böldi. Masalan, biz kutilmaganda Nigeriya Adliya vazirligidan taklifni qabul qildik. Lekin heç qaysi taşkilot inson huquqlari mavzusida ma'ruza qilişga qiziqiş bildirmadi», — deydi taşkiliy qömita a'zosi.

 U mavzuning dolzarb ekanligini inkor etmaydi, ammo Madaminov suhbat davomida iştirokçilar orasida huquq faollari ham röyxatdan ötmaganini inobatga olişni söradi.

Qayd etilişiça, forumning madaniy dasturi doirasida, xohlagan iştirokçilar Buyuk Ipak yölining qadimiy şaharlaridan bölgan Buxoro, Samarqand, Xiva, Nukus, Qöqon, Marğilon, Toşkent şaharlaridagi YuNESKOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan noyob tarixiy va madaniy obektlarga ekskursiya dasturidan bahramand bölişlari mumkin böladi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube