Şoumen Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidentligi uçun saylovlarda 40,09% ovozlar qayta işlangandan keyin yetakçilik qilmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» Ukraina MSKga asosan xabar berdi.
Agentlik ma'lumotlariga köra, Zelenskiy saylovçilarning 30,22% ovozini töplagan.
Qayd etilişiça, ikkinçi örinni Ukraina yetakçisi Pyotr Poroşenko 16,65 foiz ovoz bilan egallab turibdi.
Şu bilan birga, yetakçilar uçligiga «Batkivşçina» partiyasi rahbari Yuliya Timoşenko 13,13% ovoz bilan yakun yasab bergan.
Xabarlarga köra, Ukrainaning deyarli 11 million fuqarosi mamlakat prezidentligi uçun saylovlarda ovoz berişda qatnaşmagan.
TASS ma'lumotlariga köra, hammasi bölib taxminan 18,8 mln ukrainalik saylov byulletenlarini olgan.
Ta'kidlanişiça, Ukrainaning 1 milliondan 3 milliongaça bölgan fuqarolari mamlakat içki qonunçiligi öziga xos xususiyatlari tufayli ovoz bera olişmagan.
Bundan oldin, Zelenskiy va Poroşenko ikkinçi turga ötişgani xabar qilingandi.
Ukraina Markaziy Saylov komissiyasi ovoz beriş yakunlarini 10 aprelga qadar e'lon qiladi. Ikkinçi tur 21 aprel kuniga belgilangan.













