Bugungi kunda Toşkent şahrida kuniga örtaça 850 tonnadan ortiq non va qandolat mahsulotlari işlab çiqarilmoqda. Poytaxt hokimligi matbuot xizmati “Özbekistonda non va qandolat mahsulotlari bozorini rivojlantiriş” mavzusida birinçi xalqaro biznes-forumi doirasida taqdim etilgan ma'lumotlar asosida şu haqida xabar berdi.

Foto: Toşkent şahar hokimligi Matbuot xizmati
Foto: Toşkent şahar hokimligi Matbuot xizmati

Forumda Germaniya, Rossiya, Çexiya, Sloveniya, Qozoğiston kabi xorijiy davlatlarning uşbu sohaga texnika va texnologiyalar yetkazib beruvçi 20 ga yaqin kompaniyasi iştirok etmoqda.

Non şahri hisoblangan Toşkentda tayyorlanayotgan non mahsulotlari körinişi va sifati bilan nafaqat aholi, balki sayyohlarning ham e'tibori va e'tirofiga sazovordir. Ma'lum bölişiça, bugungi kunda Toşkentda kuniga örtaça 850 tonnadan ortiq non va qandolat mahsulotlari işlab çiqarilmoqda. “Toşkent non” Non işlab çiqariş uyuşmasi tizimida faoliyat yuritayotgan 59 ta taşkilot tomonidan kuniga 56 turdagi non va qandolat mahsulotlari tayyorlanmoqda.

Foto: Toşkent şahar hokimligi Matbuot xizmati
Foto: Toşkent şahar hokimligi Matbuot xizmati

Korxonalar faoliyatining asosiy yönalişi qolipli non işlab çiqarişga yönaltirilgan bölib, bir kunda uşbu mahsulotdan 530dan 550 tonnagaça tayyorlanmoqda.

Şuningdek, Toşkentda kuniga örtaça 200 tonna milliy non va 100 tonnadan ortiq qandolat mahsuloti tayyorlanmoqda.

Foto: Toşkent şahar hokimligi Matbuot xizmati
Foto: Toşkent şahar hokimligi Matbuot xizmati

Tizimdagi korxonalarda uzluksiz ravişda yangi texnika-texnologiyalar joriy etilmoqda. Ammo bu körsatkiç hali yetarli darajada emas. Xususan, sohada mahsulot turini yanada köpaytiriş, işlab çiqariş hajmini oşiriş, eksport körsatkiçlarini yuksaltiriş uçun innovatsion texnologiyalar kerak.

Tadbirda Rossiya, Çexiya, Italiya, Sloveniya va Qozoğiston kompaniyalarining non va qandolat mahsulotlarini işlab çiqarişga möljallangan eng yangi texnika texnologiyalari taqdimoti rejalaştirilgan bölib, bu yurtimiz vakillariga öz yönalişida xorijiy hamkorlikni örnatiş, mustahkamlaş va rivojlantiriş uçun muhim ahamiyatga ega.

Anjumanning ikkinçi kunida “Non va qandolat mahsulotlari körgazmasi” ötkaziladi. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Toşkent şahar hokimligi va Turizmni rivojlantiriş departamenti hamda boşqa taşkilotlar hamkorligida taşkil etilgan biznes forum 2 aprel kuni ham davom etadi.