Avval xabar berilganidek, joriy yilning 30 mart kuni soat taxminan 13:55larda Mirzo Uluğbek tumani, Sayram köçasi, 8a-uy, 6-xonadon oşxonasidan uşbu manzilda yaşagan ayolning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan va mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan edi.

Toşkent şahar prokuraturasining öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş bölimi tomonidan deyarli bir sutka içida ötkazilgan zarur tezkor-tergov harakatlari natijasida joriy yilning 29 mart kunidan 30 mart kuniga ötar keçasi marhuma O.K. öz xonadonida tanişi A.A. bilan spirtli içimliklar iste'mol qilib, keyinçalik örtalarida kelib çiqqan janjal oqibatida fuqaro A.A. mast holatda stol ustida turgan oşxona piçoği bilan marhumaning öng böyin sohasiga urib, qasddan öldirib, söngra hodisa joyidan yaşiringanligi aniqlandi.

Şunga köra, 01.04.2019 yilda Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan jinoyat işi böyiça A.A. JKning 97-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvçi tariqasida iştirok etişga jalb qilinib, u JPKning 221-moddasi tartibida uşlandi.

Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov davom etmoqda, natijasiga köra, qöşimça axborot beriladi.