Şifokorlarning qayd qilişiça, agar soğliğingizni asraşni istasangiz, köproq kuling. Jumladan, kulgi immunitetni oşiriş va qondagi şakar miqdorini kamaytirişga imkon beradi.
Rossiyalik şifokor-mutaxassis Andrey Tyajyelnikovning izoh berişiça, kulgining inson organizmiga ijobiy ta'sir qilişi ança oldin isbotlangan. Misol uçun, tadqiqotlardan birida bir xil ovqatlanuvçi qand kasaliga ega bemorlarda qondagi şakar miqdori komedik filmlar tomoşa qilgandan keyin pasaygan. Şuningdek, kulgi oğriqni qoldiruvçi vosita sifatida ta'sir qiladi.
Şu ham ma'lumki, kulgi respirator kasalliklar vaqtida ijobiy samara beradi. Kuliş vaqtida nafas oliş uzunroq, nafas çiqariş esa qisqaroq, biroq jadalroq böladi. Bu esa öziga xos nafas gimnastikasi hisoblanadi. Şuningdek, kulgi yurak urişi çastotasini kamaytiradi, tomirlarni kengaytiradi (gipertoniklar uçun foydali), immunoglobulin işlab çiqilişini oşiradi, bu esa immunitetga ijobiy ta'sir körsatadi.












