AQŞ Pensilvaniya universitetining kardiolog va tibbiyot professori doktor Maykl Millerning aytişiça, kulgi yurak, immunitet uçun foydali, şuningdek, soğliq uçun köplab foyda keltiradi. Masalan, stressni yengillaştiradi.
Stenford universiteti psixologi Uilyam Fray maşhur komiklar Lorel va Xardi filmlarini tomoşa qiliş paytida özidan qon namunalarini oldi. U kulgi immunitetni mustahkamlaydigan qon hujayralari sonini köpaytirişini aniqladi.
Doktor Maykl Miller 1990-yillarda kulgini örganişni boşlagan. U tadqiqot iştirokçilariga kulgili filmlarni körsatdi va kulgi miyada endorfinlar işlab çiqarişini aniqladi. Bu moddalar qon tomirlarida foydali kimyoviy moddalar hosil bölişiga yordam beradi. Masalan, bu azot oksidi bölib, u qon tomirlarini kengaytiradi, bu esa qon bosimi, yalliğlaniş va xolesterin darajasini pasaytiradi. Bu yurak xuruji xavfini kamaytiradi, endorfinlar esa tabiiy oğriq qoldiruvçi vositalardir.
«Har doim aytganimizdek, heç bölmaganda haftada uç-beş kun sport bilan şuğullaning. Haftada heç bölmasa ikki-beş marta miriqib kuling», dedi Miller.
Ajablanarlisi şundaki, majburiy kulgi tabiiy kulgidan ham foydaliroq bölişi mumkin. Bu haqda Germaniyadagi Yyena universitetining tibbiy psixologiya böyiça katta ilmiy xodimi Jyenni Rozendal ma’lum qildi. U 45 ta kulgi terapiyasi tadqiqotlari va boşqa ilmiy işlarning meta-tahlilini ötkazdi. Rozendal kulgi terapiyasi glyukoza darajasini, stress gormoni kortizolni, surunkali oğriqni kamaytirişini, harakatçanlik va umumiy kayfiyatni, ayniqsa keksalarda, yaxşilaşini aniqladi.
Sönggi tadqiqotlarning aksariyati kulgi yogasi va şunga öxşaş dasturlarga qaratilgan bölib, ular 30-45 daqiqalik sessiyalar davomida uzoq davom etadigan kulgi xurujlarini keltirib çiqaradi. Kulgisi kelmaydiganlar uçun kulgi yogasi ayniqsa samarali. Bular, masalan, saraton bilan kasallanganlar yoki ruhiy tuşkunlikka tuşgan odamlar.












