Uyquning surunkali buzilişi va yuqori darajadagi xavotirlaniş tananing boşqa tizimlariga ham kuçli ta’sir qiladi. Toib universiteti (Saudiya Arabistoni) mutaxassislari şunday xulosaga keldi. Tadqiqot natijalari Frontiers in Immunology ilmiy jurnalida çop etildi.
Olimlar jamoasi yangi iş doirasida 17 yoşdan 23 yoşgaça bölgan ayollar guruhining fiziologik belgilarini tahlil qildi. Iştirokçilar umumiy xavotir buzilişi va uyqusizlik uçun ommaviy tibbiy tekşiruvdan ötkazildi. Şundan söng ulardan tahlil uçun qon olindi.
Ma’lum bölişiça, ayollarning 75 foizida xavotir belgilari, 50 foizdan ortiğida uyqu buzilişi kuzatilgan. Uşbu iştirokçilarda aylanib yuruvçi NK-hujayralar darajasi ham sezilarli darajada pasaygan. Xususan, bu CD16+ va CD56+, ular viruslar va ösimta hujayralarini tezda yöq qiliş uçun javobgardir.
Bu psixologik omillar immunitetni pasaytirişi mumkin degan taxminni tasdiqlaydi.
Tadqiqot mualliflarining ta’kidlaşiça, tabiiy killer-hujayralar organizmning birinçi himoya çiziği hisoblanadi. Ularning yetişmasligi nafaqat mavsumiy şamollaş xavfini oşiradi, balki xavfli ösmalar rivojlanişi ustidan immunitet nazoratini ham susaytirişi mumkin. Tadqiqotçilar immunitet buzilişlarining oldini oliş protokollariga uyqu va ruhiy holatni tuzatişni kiritiş zarurligini ta’kidlamoqda.
Tadqiqotning çeklangan tanloviga qaramay, olingan ma’lumotlar psixoneyrimmunologik aloqalarni yanada örganiş uçun asos yaratadi. Ilmiy guruh rejasida xavotirli buzilişlarni davolaşda immunitetning tiklaniş dinamikasini kuzatiş uçun kengroq demografik guruhlarda uzoq muddatli tadqiqotlarini ötkaziş közda tutilgan.












