Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Aholi muammolari bilan işlaşda mahalla institutining mavqeini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirilgan.
Farmonga muvofiq, murojaatlar bilan işlaş, aholi muammolarini aniqlaş va hal etiş böyiça “mahalla – sektor – Xalq qabulxonasi – mahalla” prinsipi asosida hamkorlik tizimi joriy qilinib, quyidagilar mazkur tizimning asosiy yönalişlari etib belgilandi:
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, uyma-uy yuriş, ijtimoiy va boşqa obektlarni örganiş orqali muammolarni aniqlaş va hamkorlikda bartaraf etiş çoralarini köriş, ta'sirçan jamoatçilik nazoratini örnatiş;
har çorakda jamoatçilik nazoratining natijalari, aniqlangan muammolar töğrisida umumlaşgan ma'lumotlar, şuningdek, tegişli mansabdor şaxslarning hisobotini eşitiş böyiça takliflarni xalq deputatlari Kengaşlari majlislarida muhokama qiliş uçun kiritiş;
aniqlangan muammolarni umumlaştiriş hamda hal etiş maqsadida elektron axborot almaşiş tizimini joriy etiş;
joylarda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar loyihalarini işlab çiqişda bevosita iştirok etiş va ularning ijrosini ta'minlaşda tizimli hamkorlikni örnatiş.
Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşi, Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi, Özbekiston yoşlar ittifoqi, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining:
fuqarolar yiğini huzuridagi jamoatçilik komissiyalari faoliyatini takomillaştiriş maqsadida jamoatçilik asosida fuqarolar yiğini raisi örinbosari – ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy masalalar böyiça maslahatçi hamda fuqarolar yiğini raisi örinbosari – tadbirkorlik, tomorqa yer egalari faoliyatiga kömaklaşiş va obodonlaştiriş işlari böyiça maslahatçi lavozimlarini joriy etiş;
mahallada ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini saqlaşda keksa avlod vakillari va huquqni muhofaza qiluvçi organlar nafaqadagi xodimlarining boy hayotiy tajribasidan unumli foydalaniş maqsadida “Keksalar maslahati” guruhlarini taşkil etiş töğrisidagi takliflariga rozilik berildi.
Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:
fuqarolar yiğinlari raislari har çorakda öz mahallasi hududidagi dolzarb muammolar töğrisidagi ma'lumotlarni sektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalariga taqdim etib boradi;
eng dolzarb muammolar sektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalari tomonidan tegişli dasturlarda inobatga oliş uçun tavsiya etiladi;
fuqarolar yiğinlari raislari muntazam ravişda davlat organlari va boşqa taşkilotlarning hududga biriktirilgan mas'ul xodimlari, sektor ştabi a'zolari, yöl quriliş, elektr, gaz, suv, kanalizatsiya, kommunal va ijtimoiy soha vakillarining hududda amalga oşirgan işlari natijasi yuzasidan yozma ravişda sektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalariga ma'lumot kiritadi;
Xalq qabulxonalari tomonidan fuqarolar yiğinlari raislarining ma'lumotlarida körsatilgan holatlar yuzasidan tegişli taşkilotlarga taqdimnomalar, şuningdek, ularning yuqori turuvçi taşkilotlariga mansabdor şaxslari va xodimlarini rağbatlantiriş yoki intizomiy javobgarlikka tortiş böyiça takliflar kiritiş masalasi körib çiqiladi.
Belgilanişiça, 2019 yil 1 iyundan boşlab fuqarolar yiğinlari xodimlari bilan mehnat şartnomalarini tuziş va bekor qiliş fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça tuman (şahar) kengaşlari raislarining birinçi örinbosarlari tomonidan amalga oşiriladi.












