«Huquqiy axborot» kanalida maʼlum qilinişiça, farmonga muvofiq, 2027-yil 1-yanvardan Özbekistonda «Yaşil lot» tizimi yölga qöyiladi.

Tizim doirasida Ekologiya qömitasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklariga mavjud yer uçastkalarini jismoniy va yuridik şaxslarga şartnoma asosida, nom beriş orqali yaşil boğ barpo etiş uçun ajratiş huquqi beriladi.

Uşbu hududlardan faqat belgilangan maqsadda foydalaniş mumkin böladi. Ular jismoniy va yuridik şaxslarga mulk sifatida ötkazilmaydi. Boğlarda quriliş qiliş, konstruksiyalar örnatiş va boşqa faoliyat turlarini olib boriş taqiqlanadi. Aholining bu hududlardan umumiy foydalanişi çeklanmaydi.

Şuningdek, 2026-yil kuz mavsumidan yer maydoni çeklangan mahallalarda, köp kvartirali uylar oraliğida, maktab va boğçalar hovlilarida mahalla mikroörmonlari taşkil etiladi. Bunda 200–1 000 kvadrat metr maydonning har bir kvadrat metriga kamida ikkita daraxt va buta köçati qatlamlab, ziç ekiladi.

Mikroörmonlarni mahalliy hokimliklar Özbekiston mahallalari uyuşmasi, Örmon agentligi hamda Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi bilan birgalikda barpo etadi.

Yer ajratiş imkoniyati bölmagan yoki beton va asfalt qoplamali hududlarda esa jamoatçilik kiçik boğlari taşkil etiladi. Buning uçun mahalliy hokimliklar va homiylar katta hajmli köçat tuvaklarini örnatadi, Örmon agentligi sifatli köçatlar yetkazib beradi. Mahallalar xohiş bildirgan fuqarolar iştirokida köçat ekiş va parvarişlaş işlarini taşkil etadi.