Ukraina prezidenti saylovlarining 1-turida eng köp ovoz töplagan Vladimir Zelenskiy 2-tur oldidan amaldagi prezident Petro Poroşenko bilan debatlarda iştirok etişga tayyorligini aytdi.
«Men debatlarga boraman. Petro Poroşenkoga murojaat qilmoqçiman, siz meni debatlarga çaqirmoqdasiz, men qoçib ketişim, yaşirinib olişimni orzu qilyapsiz. Yöq. Men – bu 2014 yildagi sizmasman. Men çaqiriqni qabul qilaman», deb aytilgan Zelenskiyning videomurojaatida.
Biroq Zelenskiy debatlarda iştirok etiş uçun bir qator şartlar qöygan. U Poroşenkoga «bellaşuv»ni mamlakatdagi eng katta sport arenasi – Kiyevdagi «Olimpiyskiy» stadionida ötkazişni taklif qilgan.
«Debatlar Ukraina xalqi oldida ötadi, barça kanallar debatlarni jonli tarzda uzatiş, barça jurnalistlar debatlarda böliş huquqiga ega böladi, nomzodlar tibbiy eskpertizadan ötib, xalqqa oralarida piyonistalar, giyohvandlar yöqligini isbotlaşi lozim. Mamlakatga soğlom prezident zarur», deya öz şartlarini bildirgan Zelenskiy.
«Sizga 24 soat vaqt beraman, öylab kör...ing»,- deb öz sözlarini intiholagan u.
Facebook’da «Zelenskiy jamoasi» sahifasida orqaga sanovçi taymer ham işga tuşirilgan.
Avvalroq Poroşenko 2-tur oldidan debatlarni «muhim element» deb atagandi. «Kim böyin tovlasa, aytişga heç qanday gapi yöqligini biladi», deb aytgan Poroşenko.
Ukraina prezidentligi saylovlarining birinçi turida Vladimir Zelenskiy 30 foizdan ortiqroq ovoz töplab, birinçi örinni qölga kiritdi. Amaldagi prezident Petro Poroşenko 16 foiz atrofidagi ovoz bilan egalladi. Ikki nomzod endi 21 aprel kuni ötkaziladigan ikkinçi turda özaro kuraş olib boradi.













