Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 6-noyabr, juma kuni Rossiya hujumlari oqibatida Kievda suv va elektr energiyasi taʼminotining uzoq vaqtga uzilişi munosabati bilan şahar meri Vitaliy Kliçkoni tanqid qildi.

«Şahar darajasida tayyorgarlik barbod bölgan», - dedi prezident.

«Aslida, bu isitiş mavsumiga va Rossiyaning Ukraina energetikasiga qarşi uşbu operatsiyasiga tayyorgarlik köriş böyiça şahar darajasida qabul qilingan qarorlar bajarilmaganining oqibatidir», - dedi Zelenskiy keçki murojaatida.

Uning qöşimça qilişiça, hukumat energetika kompaniyalari vakillari bilan infratuzilmani tiklaş işlariga qöşimça brigadalarni jalb etiş va taʼmirlaş jarayonini tezlaştiriş zaruratini muhokama qilgan.

Kliçko Zelenskiyga javob qaytardi

Ukraina rahbarining bayonoti eʼlon qilinganidan bir neça soat ötib, Kiev meri öziga qaratilgan tanqidlarga javob berdi.

«Poytaxt qanday qilib “Rossiyaning Ukraina energetikasiga qarşi maxsus operatsiyasi”ning oldini olişi kerak edi? Kiev rahbariyati vakillarini taklif qilmasdan, şaharning tayyorgarligi va saʼy-harakatlari qaysi yiğilişlarda va kimlar bilan muhokama qilinmoqda?» - deya savol qöydi Vitaliy Kliçko özining Telegram kanalida.

Kliçko, şuningdek, prezident Ukrainada özaro boğlangan yagona energetika tizimi mavjudligidan xabardormi, degan savolni örtaga taşladi.

«Butun mamlakat böylab energetika tizimi vayron qilinayotgan bir paytda, bir joyda çiroqlar yonib turişi, boşqa joyda esa hamma narsani Kliçko öçirib qöygan bölişi mumkin emas», - dedi u.

«Markaziy hokimiyatning “Kiev - eng yomoni” degan gapni takrorlayverişi, doimiy manipulyatsiyalar va yolğonlar - bu juda yomon holat», - dedi poytaxt meri.

Kliçkoning taʼkidlaşiça, markaziy hokimiyat «Kliçkodan qutulişga urinib», şu bilan birga poytaxtga yordam bermasdan, amalda «Kievni vayron qilmoqda».

Zelenskiy: Rossiya zarbalari oqibatlarini bartaraf etişga Ukraina Qurolli kuçlari ham jalb qilinadi

Zelenskiy 6-noyabrdagi keçki murojaatida Rossiya hujumlari kuçayişiga javoban taʼmirlaş brigadalari soni oşirilişi, şuningdek, zarbalar oqibatlarini bartaraf etişga Ukraina Qurolli kuçlari ham yordam berişi haqida maʼlum qildi.