AQŞ Demokratik partiyasi oraliq saylovlarda ğalaba qozonganidan söng Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiev Vaşington tomonidan köproq qöllab-quvvatlanişiga umid bildirmoqda. Ukraina rahbari bu haqda 4-noyabr, çorşanba kuni Germaniyaning ZDF telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Zelenskiyning sözlariga köra, saylov natijasida nafaqat Senatda, balki AQŞ Vakillar palatasida ham köpçilik örinlarni egallagan demokratlar «AQŞ va Yevropa örtasidagi aloqalarni yangilaş» tarafdori.
Ukraina prezidentining taʼkidlaşiça, agar AQŞ Kongressi hozirda Yevropa davlatlari amalga oşirayotgan va namoyiş etayotganidek, Ukrainaga katta miqdorda moliyaviy yordam ajratiş hamda qurol-yaroğ yetkazib berişni qöllab-quvvatlasa, bu ijobiy omilga aylanişi va Rossiya prezidenti Vladimir Putinga taʼsir körsatişi mumkin.
Zelenskiy Melaniya Trampni Oleşkidagi gumanitar missiyasi uçun orden bilan taqdirladi
Şu kuni Ukraina prezidentining rasmiy veb-saytida AQŞ birinçi xonimi Melaniya Trampni milliy mukofot - I darajali Knyaginya Olga ordeni bilan taqdirlaş töğrisidagi farmon eʼlon qilindi.
Melaniya Tramp Rossiya tomonidan bosib olingan Xerson viloyatidagi Oleşki şahrida vaqtinçalik öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişişdagi roli uçun uşbu mukofotga sazovor böldi.
Farmon matnida Melaniya Trampning «Ukrainani gumanitar qöllab-quvvatlaşga qöşgan salmoqli şaxsiy hissasi, şuningdek, inson huquqlarini himoya qiliş va xayriya sohasidagi faol harakatlari» alohida qayd etilgan.
Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Trampning rafiqasi ukrainalik bolalarni qöllab-quvvatlab, bir neça bor çiqiş qilgan edi.












