Yaponiyaning fazoviy zondi “Xayabusa-2” Yer va Mars sayyoralari örtasida joylaşgan Ryugu asteroidiga bomba taşlaş uçun samo jismi ustida pastlay boşladi.
Yaponiyaning aerokoinot tadqiqotlari agentligi ma'lum qilişiça, “Loçin 2” deb tarjima qilinuvçi zond 500 metrgaça pastlab, söngra asteroidga 4,5 kg portlovçi moddali blok-bombani taşlaydi.
Zond portlaş oldidan himoyalaniş maqsadida asteroidning qarama-qarşi tomoniga yaşirinadi, bölayotgan voqealarni esa xavfsiz joyga olib borilgan maxsus kamera qayd qiladi.
Yaponiyalik tadqiqotçilar portlaş orqali asteroidda sun'iy krater hosil qilişmoqçi. Olimlar kraterda Quyoş tizimi şakllangandan beri sof holda qolgan jinslarni topişga umid qilişmoqda. May oyida zond zarur namunalarni oliş uçun krater hosil bölgan joyga qönadi.
Zond Ryuguga 2014 yil dekabrda jönatilgan. Asteroidda suv va organik moddalar izlari topilişiga katta umid boğlanmoqda. Bu koinotda hayotning tarqalişi sirini topişda yordam berişi mumkin, deb hisoblanmoqda.
Massasi 600 kg bölgan zond noyabr yoki dekabrda asteroid orbitasini tark etib, sayyoramiz tomon yöl olişi kutilmoqda. Qurilma Yerga 2020 yilda qaytişi kerak.












