Saytimizga saxovatli insonlardan yordam sörab keluvçilar kundan-kunga köpayib bormoqda. Afsus qilarli tomoni muhtoj insonlarning köpligi bölsa, yaxşi tarafi ularga yordam qölini çözayotgan bağrikeng kişilarning ham köpligi, ehtiyojmandlarni murakkab vaziyatdan çiqarib olayotganlaridir.

Tahririyatimizga bolasini kötarib kelgan navbatdagi murojaatçining közlarida hayotga muhabbat aks etadi, uzluksiz qiyinçiliklar, farzandining joni uçun hadikka qaramay xuşçaqçaqlikni yöqotmagan Matluba Maşrabova Toşkent viloyatining Quyi Çirçiq tumanidan.  

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Öğlini qölidan hech qöymaydigan opani suhbatga tortamiz:

– Farzandim Botirov Abrorjon uç yoşga kirayapti. Ammo yoşligidan dardamand bola böldi va juda köp qiyinçiliklarni boşdan keçirdik. Arzimas sabab bilan ham kökarib qolardi. Tekşirtirganimizda yuragida nuqson borligini aniqlaşdi. Buyam bir sinov ekan-da, hozir fikru-xayolimda operatsiya uçun zarur 30 million sömni töplab, yurak porogidan bolamni qutqariş. Dard kelsa qöşa-qöşa kelar ekan-da... Öğlimda talvasa sindromi ham bor, yana bir taraflama çurrasini operatsiya qildirgandik, hozir ikkinçi tarafidayam çov çurrasi aniqlandi, uniyam qildiriş kerak.

Otasi oddiy nonvoy, özimizning uy-joyimiz yöq. Topganimiz bolani davolatişdan ortmayapti. Biror joyda yiqilib kökarib qolişidan qörqib, tengdoşlari bilan ham öynatmayman, hamişa yonimga olib yuraman. Bolam oğriqlar ta'siridami, boşqa sabab bilanmi, hali gapirmaydi. Men ham öğlimning öynab kulişini, ulğayib, saxovatpeşa inson bölib yetişişini, özimiz kabilarga yordam berişini juda istayman. Şu paytgaça ham ikki farzandim nobud bölgan, öğlimni ham yöqotib qöyişdan qörqaman...

Inson bu hayotda faqat ezgu işlari bilan yaxşi nom qoldiradi. Köpçilikning yordami har qanday murakkab masalani yeçişi mumkin. Azizlar, Abrorjon va onasiga yordam beraylik. Imkoni borlar moddiy kömagi bilan, yöqlar duolari bilan gödakning dardiga şifo söraylik. Zero sizga qilingan murojaatlarning birortasi bee'tibor qolmagan.

Onasi Matluba Maşrabova nomiga oçilgan karta:

XALQ BANKI, Click /PayMe: 8600 0609 1432 5916

MFO: 00773

INN: 200 458129

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul ötkazganda: 2311 8000 300000 773001

Boşqa taşkilotlardan kelib tuşgan mablağlar tranziti: 2312 0000 0000 00773001

Naqd pul topşirganda: 2311 6000 500000773001

Omonat hisob raqamidan: H/r 2020 6000 2000 00773606

Telefon raqami: +99891 1661027, +99891 1661028

Abror Zohidov tayyorladi.


Hurmatli "UZCARD" kartoçka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvçi SMS xabarlarni (masalan, Tölovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oşkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartoçkasidan ötkazib berayotgan noma'lum şaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tuşayotgan SMS — kodlar töğrisidagi ma'lumotlarni bilmoqçi bölayotganini sezgan bölsangiz, bilingki uşbu şaxs firibgarlik yöli bilan kartoçka hisob raqamingizdagi pul mablağlarini öğirlaşga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablağlari öğirlanayotganini sezgan bölsangiz darhol kartoçkangizni olgan bankingizga kartani bloklaş uçun murojaat qilişingiz yoki uşbu amaliyotni bevosita özingiz mobil yoki veb ilovada bajarişingiz mumkin.