“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida ösimliklarni himoya qiliş kunini belgilaş haqida petitsiya paydo böldi.
Qayd etilişiça, har yili qançadan-qança ösimliklar, dov-daraxtlar har xil kasalliklardan va insonlarning aralaşuvidan nobud bölib ketyapti.
“Bu ahvol davom etaversa, barça ösimliklar yöqolib ketişi ehtimoli bor. Tabiatga yetkazilayotgan zararni bugun barçamiz turli qum böronlari, tabiiy ofatlar sodir bölayotganligida ham körişimiz mumkin. Mening öylaşimça, ösimliklarni asraş har birimizning vazifamizdir”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Şundan kelib çiqib, ösimliklarni himoya qiliş kunini belgilaş taklif qilingan.
Bildirilişiça, agarda ösimliklarni himoya qiliş kunini qonun bilan belgilab, tarğibot-taşviqot işlari olib borilsa, tabiatga ğamxörlik çoralari oşirilsa, respublikadagi ösimliklar olamini ozmi-köpmi himoya qilişga hissa qöşiladi.
“Unutmang, ösimliklar va dov-daraxtlar hayotimiz manbaidir”, - deyiladi petitsiyada.












