Tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilişdan olingan tuşumni xronometraj közdan keçirişdan ötkaziş hamda kamaytirilgan tuşum summasidan soliqlarni hisoblab çiqiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
 
Eslatib ötamiz, Soliq kodeksi 71-moddasining 2019 yil 1 yanvardan kuçga kirgan yangi tahririga «xronometraj»ning yangilangan tartibiga doir muhim normalar kiritilib bölgan. 
 
Qabul qilingan hujjatda Soliq kodeksida aks ettirilmagan bir qator masalalar tartibga solingan. 

Xronometraj közdan keçiriş röyxatiga kimlar kiritiladi
 
Tahlikali-tahlil va kameral nazorat bölimlari doimiy asosda xronometraj közdan keçiriş tayinlanadigan soliq tölovçilarning röyxatini tuzadilar. Ularni quyidagi ma'lumotlar asosida röyxatga kiritadilar:

• realizatsiyadan tuşgan tuşum hajmlarining pasaytirilganligi. Soliqçilar uşbu ma'lumotlarni soliq tölovçi soliq soliş obektlari va soliq soliş bilan boğliq obektlar töğrisida taqdim etgan axborotni aniqlaştiriş maqsadida közdan keçiriş va sörov ötkaziş jarayonida tuzilgan ma'lumotnomalardan oladilar; 
• vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar tahliliga köra, soliq tölovçi taqdim etgan soliq va moliyaviy hisobotlarda, şuningdek boşqa ma'lumotlarda tuşum hajmlarining pasaytirilganligi;
• bir hududda (köçada, bozor va savdo komplekslarida, mahallada yonma-yon) joylaşgan, faoliyat turi, realizatsiya hajmi bir-biriga öxşaş bölgan bir neçta sub'yektlarning kunlik örtaça tuşumidagi keskin farq qiladigan tafovut;
• tovarlar (işlar, xizmatlar) realizatsiyasi böyiça naqd pul va tölov terminali orqali tuşgan kunlik tuşumlar örtasidagi yuqori tafovut;
• tovarlar (işlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tuşgan tuşum ötgan davrlarga nisbatan keskin kamayib ketganligi va savdo tuşumlari töliq bank kassalariga topşirilmayotganligi;
• soliq tölovçi faoliyatining xususiyatlari, iş rejimi va mavsumiy omillarni hisobga olgan holda nazorat-kassa maşinalaridan 2–3 soat oraliğida çek urilmaganligi;
• xronometraj közdan keçiriş ötkazilgandan keyingi davrlarda tuşgan tuşumning xronometraj közdan keçiriş davomida aniqlangan tuşumga nisbatan 50%dan yuqori kamayib ketganligi;
• örtaça oylik tuşum va elektron hisobvaraq-fakturalar orqali kirim qilingan tovarlar örtasidagi farq.
 
Xronometraj taktikasi
 
Xronometraj soliq tölovçining barça obektlarida bir vaqtning özida ötkaziladi. Xronometraj közdan keçiriş ötkaziladigan aniq joylar, şuningdek soliq organlari xodimlarining xatti-harakatlari faoliyat sohasiga boğliq:

• ulgurji va çakana savdo sohasida – bevosita tovarlar realizatsiyasi uçun möljallangan hamda mijozlar bilan hisob-kitob qiliş joylarida;
• umumiy ovqatlaniş sohasida – bevosita taom tayyorlanadigan, mijozlarga taom tarqatiladigan va ular bilan hisob-kitob qilinadigan joylarda;
• xizmat körsatiş sohasida – bevosita xizmatlar körsatiş va mijozlar bilan hisob-kitob qiliş joylarida;
• işlab çiqariş sohasida – bevosita mahsulot işlab çiqariş sexlarida va mahsulotlarni tarqatiş omborxonalarida, şuningdek mijozlar bilan hisob-kitob qiliş joylarida;
• boşqa sohalarda – soliq tölovçi daromad oliş uçun foydalanayotgan yoxud soliq soliş obektlarini saqlaş bilan boğliq joylarda.
 
Çakana savdo, umumiy ovqatlaniş va xizmat körsatiş sohasidagi soliq tölovçilarda xronometraj közdan keçiriş quyidagilarni öz içiga oladi:

• soliq tölovçining kassasidagi mavjud naqd pul qoldiğini nazorat-kassa maşinasining «X» hisoboti bilan soliştiriş va ijobiy farq summasi NKMning xotirasiga kiritilişini ta'minlaş;
• realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlarning haqiqiy hajmini aniqlaş hamda kunlik pul mablağlari tuşumini kuzatiş va qayd etiş;
• xronometraj közdan keçiriş yakunida nazorat-kassa maşinasidan «Z» hisobot çiqariş va ma'lumotnomaga ilova qiliş;
• kassadagi mavjud kunlik pul tuşumi bilan qayd etiş varaqasidagi tuşumlar miqdori örtasidagi ijobiy farq summasini nazorat-kassa maşinasining xotirasiga kiritiş.
 
Işlab çiqariş sohasida xronometraj közdan keçirişni ötkaziş murakkabroq. Soliq organlari işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi va sotiş narxi, hajmi va omborxonalaridagi tayyor mahsulotlar miqdoriga aniqlik kiritadilar. Parallel ravişda ölçov asboblari orqali işlab çiqariş quvvatlari uçun sarflanayotgan tabiiy resurslar (gaz, elektr energiyasi, suv, yoqilği-moylaş materiallari) hajmini qayd etadilar. Şuningdek işlab çiqariş uçun sarflanayotgan tovar xomaşyo hajmini qayd etadilar, işlab çiqariş uskunalarining soni va ularning quvvatlarini aniqlaydilar, işçilar soniga aniqlik kiritadilar va ularning röyxatini şakllantiradilar, işlab çiqarilayotgan mahsulotlar turi va miqdorini aniqlaydilar, şuningdek ularni realizatsiya qiliş usullarini aniqlaydilar va jarayonini qayd etadilar.
 
Soliqlar qanday hisoblab çiqiladi
 
Xronometraj közdan keçiriş ötkazilgan davrga oid hisobotlarda tafovutlar aniqlanganda soliqlar va boşqa majburiy tölovlar quyidagi formulalar asosida hisoblab çiqiladi:
 
YaST = (XNT x IK) x SS – yagona soliq tölovi uçun;
QQS = (XNT x IK) – HT x SS – qöşilgan qiymat soliği uçun;
FS = ((XNT x IK) x RD) – HT x SS – foyda soliği uçun;
AS = (XNT x IK) – HT x SS – aksiz soliği uçun;
NS = (XNT x IK) – HT x SS – yer qa'ridan foydalanganlik uçun soliq.
 
Izoh:

XNT – xronometraj közdan keçiriş yakuni böyiça aniqlangan örtaça kunlik tuşum;
IK – xronometraj közdan keçiriş jarayonida aniqlangan hisobot davri uçun iş kunlari soni;
HT – soliq tölovçi hisobotida aks ettirilgan tovarlar (işlar, xizmatlar) realizatsiyasi;
SS – soliq stavkasi;
RD – rentabellik darajasi (oldingi hisobot davrida).
 
Hujjat 4.04.2019 yildan kuçga kirdi.

Bundan oldin, 100 mln sömdan oşgan summadagi tovarlar sotib olinganda tadbirkor YaST tölaşga ötkazilişi xabar berilgandi.