Facebook kompaniyasi internetga keng polosa böyiça ulanişga xarajatlarni kamaytiriş va Afrika aholisining ijtimoiy tarmoqda osonroq röyxatdan öta olişini ta'minlaş uçun Afrika atrofida suv osti kabeli tortmoqçi. Bu haqda xabardor manbalarga iqtibos keltirgan holda Wall Street Journal naşri ma'lum qildi. 

Naşr ma'lumotlariga köra, “Qirol şer” multfilmi qahramoni şarafiga “Simba” deb atalgan uç bosqiçli loyiha “qora qit'a”ning şarqiy, ğarbiy va Örta yer dengizi sohilböyida joylaşgan bir neça davlati orqali ötadi. Biroq hozirça uning aniq yönalişi noma'lum.  

Kompaniya vakili uşbu axborotga izoh berişdan boş tortgan, biroq kompaniya “gap suv osti kabellari haqida borganda butun dunyoni körib çiqişini” ta'kidlab ötgan.

Ta'kidlanişiça, “Simba” Facebook’ning yuqori tezlikdagi internetni ta'minlaş uçun suv osti optik-tolali aloqa liniyasini ötkazişga birinçi urinişi emas. 

Manbalar ma'lumotlariga köra, kompaniya vakillari hozirda loyiha böyiça muzokaralar olib bormoqdalar va tomonlar rejalaştirilgan natijaga kela olmasliklari ham mumkin.