DW xabariga köra, Polşa boş vaziri Donald Tusk 12-oktabr kuni X ijtimoiy tarmoğida ikki gumonlanuvçining Germaniyada uşlanganini maʼlum qilgan.
Tusk Mazoviya voyevodaligida joylaşgan Starlink stansiyasiga öt qöyilişini «gibrid uruşning yana bir akti» deb atagan. Uning bildirişiça, gumonlanuvçilar Polşa sudi oldida javob beradi.
Polşa içki işlar vaziri Marçin Kervinskiy esa ularga xorijiy davlat topşiriğiga binoan qöporuvçilik sodir etiş böyiça ayblov qöyilişini bildirgan.
Gumonlanuvçilar qayerda uşlangan?
Bild va Schwäbische Zeitung naşrlarining yozişiça, ikki Turkiya fuqarosi Germaniyaning Baden-Vyurtemberg federal yeridagi Nyurtingen şahrida qölga olingan. Bu şahar Ştutgartdan taxminan 30 kilometr janubi-şarqda joylaşgan.
Schwäbische Zeitung uşlanganlarning ismlarini Muslim T. va Umit Ye. deb keltirgan.
Bild maʼlumotiga köra, 12-oktabr kuni Germaniya politsiyasining maxsus bölinmasi Berlinning Ştaken hududida ularning ehtimoliy şerigini ham uşlagan. Uning Mercedes avtomobili kriminalistik ekspertizadan ötkazilgan. Naşrning yozişiça, mazkur şaxs gumonlanuvçilarga haydovçilik qilgan bölişi mumkin.
Stansiyada nima bölgan edi?
Varşava yaqinidagi Starlink yer usti stansiyasi 23-sentabr kuni öt qöyilişi oqibatida zararlangan. Yonğin elektr podstansiyasi va generatorni qamrab olgan.
Bild xabariga köra, stansiya qisqa muddat işlaşdan töxtagan, keyin esa faoliyatini tiklagan. Hodisada heç kim jarohatlanmagan.
Polşa rasmiylari yonğindan söng voqeani qöporuvçilikka uriniş deb baholagan.
Rossiyaga oid gumonlar
Bild hujum ortida Rossiya turgan bölişi mumkinligi haqida yozgan. Biroq manbada qayd etilişiça, Rossiyaning öt qöyişga aloqadorligini tasdiqlovçi bevosita dalillar hozirça yöq.
Polşa boş vaziri örinbosari Kşiştof Gavkovskiy 23-sentabr kuni hodisaning köplab belgilari Rossiyaning hujumlarni amalga oşiriş böyiça yangi doktrinasiga mos kelişini aytgan.












