talkSPORT britan sayti superkompyuteri joriy Çempionlar ligasining finalgaça öyinlari natijalari böyiça öz prognozini berdi. Kompyuter musobaqaning yarimfinaliga “Yuventus“, “Liverpul”, “Mançester Siti” va “Barselona” çiqişini hisob-kitob qilib çiqqan. Kompyuterning prognoziga köra, musobaqa finalida “Yuventus” va “Barselona” uçraşadi va ğalaba turinliklarga nasib qiladi.
Agar kompyuterning prognozi töğri çiqsa, unda Kriştianu Ronaldu Çempionlar ligasini qatorasiga 4 marta yutgan dunyodagi yagona futbolçiga aylanadi. Portugaliyalik futbolçi avvalgi 3 mavsumda bunga “Real” safida erişa olgandi.
Quyida kompyuterning musobaqa böyiça prognozi keltirilgan:
1/4 final
“Ayaks” – “Yuventus” 1:1, “Yuventus” – “Ayaks” 2:0
“Liverpul” – “Portu” 3:0, “Portu” – “Liverpul” 1:2
“Tottenxem” – “Mançester Siti” 1:1, “Mançester Siti” – “Tottenxem” 3:1
“Mançester Yunayted” – “Barselona” 1:2, “Barselona” – “Mançester Yunayted” 2:1
1/2 final
“Mançester Siti” – “Yuventus” 1:1, “Yuventus” – “Mançester Siti” 2:1
“Barselona” – “Liverpul” 2:1, “Liverpul” – “Barselona” 2:2
Final
“Yuventus” – “Barselona” 2:1
Musobaqa finali 1 iyunda Madriddagi “Metropolitano” stadionida bölib ötadi.












