LineShine High Performance Linpack (HPL) bençmark böyiça birinçi örinni egalladi va ikkinçi örindagi Amerikaning El Capitan kompyuteridan 22 foiz tezroq (2.198 eksaflops) natijani qayd etdi.
Uçinçi va törtinçi örinlarni mos ravişda Frontier va Aurora kompyuterlari egalladi, Germaniyaning JUPITER Booster maşinasi kuçli beşlikni yakunladi.
Aprel oyida taqdim etilgan LineShine Shenzhen bulutli hisoblaş markazi (Shenzhen Cloud Computing Center) tomonidan işlab çiqilgan va Shenzhen Milliy superkompyuter markazida (NSCS) joylaşgan. U Xitoyning LX2 protsessorlari va Kylin operatsion tizimida işlaydi, taxminan 42,2 MVt elektr energiyasini iste’mol qiladi va uning boş işlab çiqaruvçisi Lu Yuytunning sözlariga köra, ham ilmiy maqsadlarda, ham sun’iy intellekt vazifalari uçun işlatilişi mumkin.
LineShine muvaffaqiyati «xorijiy texnologik çeklovlarga qaramay, Xitoy superkompyuter sanoati uçun mustaqil dasturiy-apparat ekotizimini şakllantirişda tarixiy qadamdir», deb The Wall Street Journal NSCS bayonotidan iqtibos keltirdi.
Xitoy superkompyuteri 2017 yildan beri birinçi marta reytingni boşqardi.

















