2019 yil 7 aprel kuni soat 01:30larda Yangiyöl tumani “Ahil” mahallasida yaşovçi A.A. (1993 y.t, Toşkent davlat agrar universitetining 3-bosqiç talabasi) şu mahalladagi “Senyor Pomidor pasta & BBQ” kafesi oldida fuqaro B.X. (1992 y.t, işsiz) bilan raşk sababli janjallaşgan.
Boş prokuratura xabariga köra, u yonidagi piçoq bilan B.X.ni qasddan öldiriş maqsadida yurak sohasiga 2 marotaba, böyin qismi va çap son sohalariga bir marotaba urib, tan jarohatlari yetkazgan.
Şifokorlar tomonidan öz vaqtida körsatilgan tibbiy yordam natijasida B.X.ning hayoti saqlab qolingan.
Şu kunning özida Yangiyöl tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro A.A.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
A.A. tegişli protsessual tartibda uşlangan, deyiladi xabarda.












