Venesuelaga harbiy bostirib kiriş holatida Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru parlament bilan harbiy harakatlarda iştirok etiş masalasi böyiça maslahatlaşuvlar ötkazişni rejalaştirmoqda. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar berdi.  

Bolsonaru jurnalistlarning savollariga javob beriş vaqtida Venesuelaning “yangi Kuba yoki Şimoliy Koreyaga aylanişining” oldini oliş lozimligini ta'kidlab ötgan.

Bundan taşqari, Bolsonaruning ta'kidlaşiça, hozir Braziliya AQŞ bilan birga Venesuela armiyasida nifoq soliş böyiça işlar olib bormoqda.  
 
Şu bilan birga Braziliya yetakçisining aytişiça, agar Venesuela prezidenti Nikolas Maduro uçinçi davlatlar yordamida çetlatilsa, mamlakatda partizanlik uruşi avj olişi mumkin.