Saudiya Arabistoni hukumati neft uçun hisob-kitobda dollardan voz keçiş istagida emas. Agar bu yuz bersa, AQŞ dollari qadrsizlanib ketardi. Bu haqda podşohlikning energetika vazirligi matbuot xizmati vakili aytib ötdi.  

Vazirlik vakilining aytişiça, avval tarqalgan axborot “notöğri va Saudiya Arabistonining bu masala böyiça pozitsiyasini aks ettirmaydi”. Bundan taşqari, hukumatda ta'kidlanişiça, dollarda hisob-kitob qiliş böyiça köp yillik tajriba podşohlik manfaati uçun ijobiy işlagan. 

Vazirlikda ta'kidlanişiça, Ar-Riyod neft bozorini muvozanatlovçilardan biri sifatida juda katta javobgarlikka ega va şu sababli bir tomonlama tartibda bozordagi joriy holatni tubdan özgartirişi mumkin böladigan birorta qarorni qabul qilişga tayyor emas.

Avvalroq Saudiya Arabistoni neft uçun hisob-kitob qilişda dollardan asosiy valuta sifatida voz keçiş imkoniyatini körib çiqayotgani ma'lum qilingan. Ar-Riyodning bu qarori AQŞning OPeKga qarşi qonun loyihasiga qarşiligi bilan boğlangan. 

NOPEC deb nom olgan uşbu qonun loyihasi AQŞ kongressiga 2008 yildayoq kiritilgan, biroq Barak Obama prezidentligi vaqtida körib çiqilmagan. Hujjatni Donald Tramp prezidentligi vaqtida yana “hayotga qaytarişga” harakat qilinmoqda.