«Real» yozgi transfer oynasida hujumçi Garet Beyl bilan xayrlaşişi kutilmoqda.
AS`ning xabar berişiça, uelslik futbolçining boşqa klubga ötmay qolişiga uning özi va klubning moliyaviy talablari sabab bölişi mumkin. Beylning özi keyingi mavsumni ham Madridda ötkazişga qarşi emas, ammo u klubning rejalaridan xabardor. Şunday bölsa-da, hozirgaça «Real»da Beyl borasida aniq takliflar mavjud emas.
Qayd etilişiça, Garet muxlislar, jurnalistlar va ba'zi jamoadoşlarining işonçini yöqotib qöygan. Jumladan, u jamoa muxlislari va hatto jamoadoşlari bilan ham nizoga borgan, Tibo Kurtua esa uning jamoaviy tuşliklarga bormasligidan noroziligini bildirgan.
29 yoşli Beyl bu mavsum «qaymoqranglilar»ning 38 öyinida maydonga tuşdi va 14ta gol urib, 5ta assist muallifi böldi. «Real» uni 2013 yilda «Tottenhem»dan 101 mln yevroga sotib olgandi.












