UYeFA Çempionlar Ligasida çorak finalning birinçi öyinlari ötkazildi. Unda Angliyaning ikki jamoasi «Tottenhem» va «Liverpul» ğalaba qozondi va yarim final uçun ilk qadamni taşladi. «Liverpul» çorak finalninng birinçi öyinida «Portu»ni qabul qilib 2:0 hisobida ğalaba qozondi. 5-daqiqadayoq Nabi Keyta hisobni oçgandi. 26-daqiqada Roberto Firmino ham bitta gol urib, farqni ikkitaga oşirdi.

«Tottenhem» esa öz maydonida Angliyaning boşqa bir jamoasi «Mançester Siti»ni qabul qildi va 1:0 hisobida ğalaba qozondi. Öyinning birinçi bölimida «Siti» yetakçisi Serxio Aguero penaltidan gol ura olmadi. Ugo Loris hujumçining zarbasini qaytardi.

Ikkinçi bölimda «Tottenhem» tarkibida ikkita jiddiy yöqotiş kuzatildi. Avvaliga Fabian Delf bilan töqnaşib ketgan Xarri Keyn, keyinroq Dele Alli jarohat olib, maydonni tark etişdi. Şunday bölsa-da, Poçettino şogirdlari öyinni ğalabagaça olib borişdi. 78-daqiqada jarima maydonçasida oxirigaça kuraşgan Son Xyon Min himoyaçilarni aldab, çiroyli gol urdi va jamoasiga ğalaba keltirdi.

YeÇL. Çorak final, birinçi öyinlar

LIVeRPUL – PORTU 2:0

Gollar: Keyta (5), Firmino (26).
Liverpul: Alisson, van Deyk, Lovren, Aleksander-Arnold, Henderson, Milner, Keyta, Fabino, Mane (Origi, 73), Saloh, Firmino (Starrij, 82).
Portu: Kasilyas, Felipe, Telles, Maksi Pereyra (Fernando, 77), Eder Militao, Oliver Torres (Brunu Koşta, 73), Danilu Pereyra, Marega, Otavio, Korona, Soares (Braimi, 62).
Ogohlantirişlar: Soareş (17), Felipe (61).

TOTTeNHEM – MANÇeSTeR SITI 1:0

Gol: Son Xyon Min (78).
Tottenhem: Loris, Alderveyreld, Rouz, Tripper, Vertongen, Eriksen, Uinks (Vanyama, 81), Alli (Lorente, 87), Sissoko, Keyn (Lukas Moura, 58), Son Xyon Min.
Mançester Siti: Ederson, Laport, Otamendi, Uoker, Delf, Silva (de Bryuyne, 89), Fernandino, Marez (Sane, 89), Gyundogan, Sterling, Aguero (Gabriel Jyezus, 71).
Ogohlantirişlar: Rouz (12), Laport (28), Marez (59).