Buxoro viloyati Buxoro şahrida istiqomat qiluvçi fuqaro qoidabuzarligi uçun Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi inspektori tomonidan 1 milliard 13 million söm jarimaga tortildi.
Gap şundaki, inspektor haydovçi MJtKning 128-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni qilgani tufayli, unga EKIH ikkidan bir qismi (101 365 söm) jarima tortgan. Ammo texnik xato tufayli hujjat rasmiylaştirilayotgan vaqt jarima summasi bilan qorişib, yaxlit miqdorga aylanib qolgan. Ya'ni 101 365 sömdan söng 2019 yil sanasi birgalikda 1 milliard 13 million sömdan ortiq jarima summasini keltirib çiqqan. Avtomatik tizim raqamga monand jarimani söz bilan keltirib bergan.

Buxoro viloyati IIB matbuot xizmatining Kun.uzʼga ma'lum qilişiça, texnik xato öz vaqtida bartaraf etilgan, qoidabuzar haydovçi esa qonunlarda belgilangandek jarima miqdori tölaşi ta'minlangan.
Ma'lumot uçun, Özbekistonda qonun bilan belgilangan xilof işni amalga oşirgani uçun EKIH 600 baravargaça jarima soliş mumkin.











