Bugun, 13 aprel kuni, Toşkent şahar IIBBda ötkazilgan brifingda boşqarma boşliği örinbosari Azizxon Umarxonov yöl harakati qoidalariga kiritilayotgan özgarişlarga oid yangiliklar böyiça ma'lumotlar berdi.

Hozirgi kunda poytaxtning yuzdan ortiq çorrahalarida “hammaga töxtaş” (“vsem stop”) qoidasi joriy qilinişi yölga qöyilgan. Buning mazmuni şuki har tört tomondagi svetoforlar 3 soniya atrofida qizil çiroqni körsatib turadi va şundan keyingina navbati bilan avval sariq, keyin yaşilga öta boşlaydi. Bu qoidaning öziga xos jihati şundaki, eng köp YTH holatlari aynan çorrahalarda, svetoforga amal qilmaslik yoki şoşiliş tufayli yuz beradi. “Hammaga töxtaş” qoidasi aynan şunday holatlarning oldini oliş, harakat xavfsizligi böyiça töla-tökis işonç hosil qilgandan keyingina harakatlanişga qaratilgan.

Polkovnik Azizxon Umarxonovning bildirişiça, hozirgi kunda Xalq ta'limi boşqarmasi bilan hamkorlikda maktablar direktorlarining ma'naviyat böyiça örinbosarlariga maktabga yondoş yöllarda bolalar uçun harakat xavfsizligini ta'minlaş böyiça yöl posboni mas'uliyati yuklanişi muhokama qilinmoqda.

Şuningdek, poytaxtda harakat xavfsizligini ta'minlaş maqsadida taşviqot olib boruvçi yettita elektron tablo uzluksiz işlaşi yölga qöyilgan. 

Bundan oldin, inspektorning bodi-kamerasi onlayn kuzatilişi mumkin ekani xabar qilingandi.