Tojikiston yoşlarining harbiy xizmatdan böyin tovlaşi oğir gunoh hisoblanadi. Bunday bayonot bilan Tojikistonning Islom markazi ulamolari kengaşi çiqdi. Ulamolar vatanga muhabbat musulmon kişining xudojöyligini körsatuvçi jihatlardan biri ekanligini aytişgan.
“Hozir mamlakatda qurolli kuçlar safiga bahorgi çaqiriq boşlandi. Vatanparvar yoşlarning bir qismi harbiy xizmatga öz fuqarolik burçini bajariş uçun boşni baland tutgan holda bormoqda, biroq muqaddas burçni bajarişdan böyin tovlayotgan yoşlar ham bor”, deb ta'kidlangan bayonotda.
Bayonotda, şuningdek, ota-onalar farzandlariga harbiy xizmatdan böyin tovlaşda yordam bermaslikka çaqirilgan.
“Buning sodir bölişiga yordam beradigan odamlar ham gunohga botadilar”, deb aytilgan xabarda.
Tojikistonda 1 apreldan bahorgi çaqiriq boşlandi va 31 maygaça davom etadi. Har yili mamlakat qurolli kuçlariga 15 mingga yaqin kişi harbiy xizmatga çaqirtiriladi.












