Adliya vazirligi muddatli harbiy xizmatga çaqirilayotgan va kontrakt böyiça harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolarni giyohvandlik vositalari böyiça tibbiy tekşiruvdan ötkaziş töğrisidagi idoraviy hujjatni davlat röyxatidan ötkazdi.

Tibbiy tekşiruv giyohvandlik vositalarini isteʼmol qiliş holatlarini barvaqt aniqlaş maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi va uning hududiy filiallarida ötkaziladi.

Muddatli harbiy xizmatga çaqirilayotgan fuqarolar hududiy harbiy-tibbiy komissiyaga yuborilişidan, kontrakt böyiça harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolar  esa harbiy-tibbiy muassasada tibbiy körikdan ötişlaridan oldin tibbiy tekşiruvdan ötkaziladi.

Tibbiy tekşiruv 2 bosqiçda amalga oşiriladi. Dastlab peşob namunasi ekspress-test orqali tekşiriladi, musbat natija qayd etilganda esa peşob va (yoki) qon namunalarida mass-spektrometrik identifikatsiya tekşiruvi ötkaziladi.

Tibbiy tekşiruv natijalari musbat bölgan yoki zarur namunalarni topşirişdan boş tortgan fuqarolar harbiy-tibbiy körikdan ötkazilmaydi.

Tibbiy tekşiruv davomida olingan şaxsga oid maʼlumotlar, biologik namunalar va tekşiruv natijalarining maxfiyligi taʼminlanadi.