The Sunday Times britan naşri Buyuk Britaniyada 2019 yilda yaşaş uçun yaxşi joylar reytingini tuzdi. Reytingga köra, Britaniyada yaşaş uçun eng jozibador şahar Solsberi deb tan olindi.
Şahar “buyuk tarixga ega va oliy sifatli ta'limni taklif qiladi, biroq joriy yil u “jamoaviylik hissining tiklanayotgani” sababli e'tirof etilgan.
2018 yil martida kimyoviy qurol böyiça mutaxassislar uşbu şaharda Rossiyaning sobiq razvedkaçisi Sergey Skripal va uning qizi zaharlanişi bilan boğliq holda “Noviçok” turidagi falajlovçi moddani qidirişgan va u yuqori unvonga da'vogarlik qilişi dargumon edi. “Biroq şunga qaramay, şahar öziga kelib oldi va köplab körsatkiçlar, ayniqsa Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaga hujumdan keyin yuzaga kelgan karaxtlik, qörquv va sarosimalikni yengişga yordam bergan jamoaviylik hissi böyiça yuqori baho oldi”, deyilgan maqolada.
Naşrning ta'kidlaşiça, Skripallar bilan yuz bergan voqeadan keyin şahar dökonlari böşab qolgan, sayyohlar oqimi pasayib ketgan, biroq hozir vaziyat yaxşi tomonga özgargan. “Ötgan yil bizga bir-birimizga qançalik kuçli muhtoj ekanligimizni eslatib qöydi”, deb aytgan şahardagi ruhoniylardan biri Nikolas Popadopulos.
Şuningdek, naşr mamlakatning muayyan hududlaridagi yaşaş uçun eng yaxşi joylarni ham aytib ötgan. Londonda bunday joy sifatida daryoga oçiluvçi manzaralar, a'lo sifatli transport aloqasi va nisbatan qimmat bölmagan köçmas mulk” sababli It oroli e'tirof etilgan. Bundan taşqari, Angliya şimolidagi York, Şotlandiyadagi Dandi, Uelsdagi Krikxauell va Şimoliy Irlandiyadagi Xolivud şaharlari yaşaş uçun eng yaxşi joylar deb atalgan.
Skripallar 2018 yil marti boşida Solsberidagi uylarida huşsiz topilişgan. Britaniya hukumati ularning zaharlanişida Moskvani ayblagan. Ta'kidlanişiça, Skripallarga hujum vaqtida “Noviçok” turidagi modda qöllangan. Biroq Rossiya bu ayblovlarni inkor etib keladi.












