Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari, moliya vaziri Jamşid Qöçqorov Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça vitse-prezidenti Siril Muller bilan muzokaralar ötkazdi.
Uçraşuv Özbekiston delegatsiyasining Vaşingtonga Jahon banki va XVJ Boşqaruvçilar kengaşi bahorgi majlislariga taşrifi doirasida bölib ötdi.
Tomonlar Jahon banki va Özbekiston örtasidagi keyingi hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qildilar.
Özbekiston va Jahon banki Farğona vodiysida kommunal xizmatlar va şahar infratuzilmasini yaxşilaş hamda tadbirkorlikni rivojlantirişga yönaltirilgan loyihalarni moliyalaştiriş uçun umumiy qiymati 300 million dollarlik kredit kelişuvlarini imzoladi.












