2019 yilning 16 aprel kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniya va Şimoliy Irlandiya Birlaşgan Qirolligi taşqi işlar vazirining örinbosari Alan Dunkanni qabul qildi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar faollaşayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 2018 yili özaro savdo oldingi yilga nisbatan 37%ga ösib, 235,9 million AQŞ dollarini taşkil etdi, Buyuk Britaniya Özbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiya hajmi böyiça 5-örinni egalladi.

Özbekiston-Britaniya munosabatlarini yanada rivojlantirişdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi va 2019 yilda ötkaziladigan tadbirlar rejasi böyiça takliflar muhokama qilindi.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almaşiş çoğida Afğoniston muammosiga alohida e'tibor qaratildi. Britaniya tomoni afğonlararo tinçlik muloqotiga kömaklaşiş va Afğonistonda yirik infratuzilma va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oşiriş borasidagi Özbekistonning sa'y-harakatlarini qöllab-quvvatladi.

Uçraşuvda ta'lim sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari, şu jumladan, Özbekiston ta'lim muassasalari amaliyotida tegişli standartlar va tajribani qöllaş masalalari ham körib çiqildi.

Suhbatda Buyuk Britaniya elçisi Kristofer Allan iştirok etdi, deyiladi xabarda.