Internet naşrlarida e'lon qilingan “Maktabda janjal: Toşkentda direktorning qarindoşi öquvçilarni ayovsiz kaltaklayapti” jurnalistik suriştiruviga Xalq ta'limi vazirligi izoh bildirdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 19 martida Uçtepa tumanidagi 245-umumta'lim maktabida 2-“V” sinf öquvçisi A. A.ni sinf rahbari N.T. doskaga çaqirgan. U öquvçining javobidan qanoatlanmasdan tanbeh berib, uning qöliga urgan. Şu kuni öquvçining onasi maktabning öquv-tarbiya işlari böyiça direktor örinbosari Ğ.Abdullayevga farzandi bilan sodir bölgan holat yuzasidan şikoyat qilgan.

Maktabning ÖTIBDO‘ Ğ.Abdullayev sinf rahbari va öquvçining onasi bilan suhbatlaşgan. Suhbat yakunida öquvçining onasi uşbu holat yuzasidan e'tiroz bildirmasligini ma'lum qilib, maktab rahbariyatiga boşqa murojaat qilmagan.

Lekin öquvçining buvisi OAVga murojaat qilişi natijasida, 1 aprel kuni jurnalistlar maktabga kelib, holat yuzasidan suriştiruv olib borgan, deyiladi vazirlik xabarida.

Bildirilişiça, sodir bölgan holat maktabning pedagogik jamoasi örtasida 2019 yilning 1 aprel kuni ötkazilgan işlab çiqariş yiğilişida muhokama etilgan. Boşlanğiç sinf öqituvçisi N.T. bilan mehnat şartnomasi bekor qilingan. Öquvçi A.A. onasining arizasiga köra 2-“V” sinfidan 2-“B” sinfiga ötkazilgan.