Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Çje In Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 2019 yilning 18-21 aprel kunlari davlat taşrifi bilan mamlakatimizda böladi. Prezident matbuot xizmati şu haqida xabar berdi. 

Davlat rahbarlari Özbekiston va Janubiy Koreya örtasida muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqotning davomi sifatida strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşişadi.

Taşrif dasturida Prezident Mun Çje Inning Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisida nutq sözlaşi, davlat rahbarlarining ikki mamlakat yetakçi kompaniyalari biznes-forumida hamda Toşkent şahrida Koreya madaniyati va san'ati uyining oçiliş marosimida iştirok etişi közda tutilgan. Şuningdek, Samarqand şahriga taşrif rejalaştirilgan.

Muzokaralar yakunida Qöşma deklaratsiya qabul qilinişi, salmoqli hukumatlararo va idoralararo hujjatlar töplami, şuningdek, savdo şartnomalari va investitsiya loyihalarini amalga oşiriş böyiça bitimlar imzolanişi kutilmoqda.