2019 yilning birinçi çoragi mobaynida iqtisodiy sudlar tomonidan 46 001 ta iş körib çiqilib, hal etildi. Şunda da'vogarlar foydasiga 2,3 trln. söm undiriş haqida sud qarorlari qabul qilingan. Körilgan işlar soni ötgan yilning şu davriga nisbatan 56,7 foizga kamaygan.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati xabariga köra, ötgan davrda eng köp iqtisodiy işlar Toşkent şahar, Qaşqadaryo, Surxondaryo va Andijon viloyatlari iqtisodiy sudlari tomonidan körib, hal etilgan.
Taraflarga qulayliklar yaratiş hamda sud ta'sirçanligini oşiriş maqsadida nizo tartibida körilgan işlarning salmoqli qismi, ya'ni 28 742 tasi bevosita joylarda, ya'ni sayyor sud majlislarida körib çiqilgan.
Iqtisodiy sudlar tomonidan hal etilgan işlarning 1 065 tasi videokonferensaloqa rejimida körib çiqilgan bölib, natijada taraflarning 714,1 mln. söm miqdoridagi mablağlari tejab qolindi.
Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini huquqiy himoya qilişga oid 7 405 ta iqtisodiy iş körib çiqildi hamda ular foydasiga 247,6 mlrd. söm miqdorida mablağ undirib berildi.
Hisobot davrida iqtisodiy sudlarda körilgan işlarning asosiy qismini kontraktatsiya, mahsulot yetkazib beriş va kommunal xizmat körsatiş şartnomalaridan kelib çiqadigan nizolar böyiça işlar taşkil etdi.
Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy işlar böyiça sudlov hay'ati tomonidan nazorat tartibida 144 ta şikoyat va protestlar körib çiqildi. Quyi sudlar tomonidan çiqarilgan 83 ta qaror bekor qilindi va 29 ta sud qarorlari özgartirildi.











